«Real» himoyachisi Nacho Primeraning 21-turidan o‘rin olgan «Selta»ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.
Futbolchi «Sevilya»ga (4:1) qarshi o‘yinda mavsumdagi 5-sariq kartochkasini olgan va navbatdagi turni o‘tkazib yuborishi shart edi. Biroq «Real» hakamning bu qarori yuzasidan Tartib-intizom qo‘mitasiga shikoyat qildi. O‘z navbatida u Nachoning diskvalifikasiyasini o‘z kuchida qoldirdi. Biroq «Real» raqobat qo‘mitasiga ham shikoyat qildi. Marca xabariga ko‘ra, qo‘mita «Real»ning shikoyatini qanoatlantirdi va diskvalifikasiyani bekor qilib, futbolchini oqladi.
Endi u bugun o‘tkaziladigan «Selta» klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.