Kirish Ro'yxatdan o'tish

Oleg Kononov «Paxtakor»ni boshqarmaydi

Oleg Kononov «Paxtakor»ni boshqarmaydi

Baho:
+ | -

«Krasnodar» klubining sobiq ustozi Oleg Kononov katta ehtimol bilan «Terek» klubini boshqaradi.

«Match TV» xabariga ko‘ra, 51 yoshli mutaxassis Rossiya chempionatidan o‘rin olgan «Spartak» - «Terek» o‘yiniga tashrif buyuradi va jamoani kuzatib boradi.

Agar «Terek» yevrokuboklarga yo‘llanmani qo‘lga kiritolmasa, klub rahbariyati bosh murabbiy Rashid Rahimovni iste’foga chiqarib, Kononovni tayinlashi mumkin. Ayni paytda jamoa, Rossiya chempionatining yakunlanishiga 2 tur qolganida 45 ochko bilan 5-o‘rinni egallab, yevrokuboklar hududidan 1 ochko ortda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kononov bilan «Paxtakor» klubi qiziqqani haqida xabarlar chiqqan edi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 20:40, 17.05.2017.
O'qildi: 5833 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.