Kirish Ro'yxatdan o'tish

Isko: "Zidanning rotasiyasi tufayli "Real"ning barcha o‘yinchilari yaxshi formadalar"

Isko: "Zidanning rotasiyasi tufayli "Real"ning barcha o‘yinchilari yaxshi formadalar"

Baho:
+ | -

"Real" yarimhimoyachisi Isko Ispaniya chempionatining qoldirilgan uchrashuvida "Selta" bilan uchrashuvdagi g‘alabadan so‘ng (4:1) jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan haqida iliq fikrlarni bildirdi.

"Real"ning barcha o‘yinchilari Zidanning rotasiyasi sababli yaxshi formadalar. Buning natijasida ikkita musobaqada g‘olib chiqishga yaqin turibmiz. Biz yugurishimiz, hujum qilishimiz, himoya qilishimiz va bir-birimizga yordam berishimiz kerak.

"Malaga" bilan o‘yinga kelsak, chempionlik uchun bizga bir ochko kerak bo‘lsada, biz u yerga g‘alaba uchun boramiz", - deydi Isko.

Chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida "Real" 90 ochko bilan jadvalni boshqarib turibdi. Ikkinchi o‘rindagi "Barselona"da 87 ochko bor.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:20, 18.05.2017.
O'qildi: 7264 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик