Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

La liga. «Eybar» «Barsa»ni jazolashiga oz qoldi

La liga. «Eybar» «Barsa»ni jazolashiga oz qoldi

Baho:
+ | -

La liganing so‘nggi turi oldidan "Barselona" chempionlikni qo‘lga kiritish uchun nazariy imkoniyatga ega bo‘lib turgandi. Buning uchun "Real" "Malaga"ga yutqazib, "ko‘k-anorranglilar" o‘z uyida "Eybar"ni mag‘lub etishlari talab etilardi.

Ammo, kutilmaganda, bahs katalonyaliklar uchun juda og‘ir boshlandi. Mehmonlarning yaponiyalik futbolchisi Takeshi Inui "Barsa" darvozasiga 2ta bir xil gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng mezbonlar uyg‘onishdi hamda ikkinchi bo‘limda g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishdi.

Dastlab Neymarning zarbasidan so‘ng ustunga tegib qaytgan to‘pni Junka o‘z darvozasiga burib qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmasdan "Eybar" darvozasi tomon penalti belgilandi. Messi yo‘llagan zarbani darvozabon Yoel qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shunga qaramay, Suares burchak to‘pini golga aylantirdi va hisobni tenglashtirdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, mehmonlar darvozasi tomon yana bir penalti belgilanib, himoyachi maydondan chetlatildi. Messining 11 metrli jarimadan yo‘llagan zarbasini Yoel qaytara olmadi.

O‘yin so‘ngida Messi maydon markazidan reydni amalga oshirib, chiroyli gol muallifiga aylandi. Argentinalik futbolchi mavsumdagi 37-golini urdi hamda Ispaniya chempionati to‘purarligi hamda "Oltin butsa" sovriniga ega bo‘lishi oydinlashdi.

"Barselona" klubi bir haftadan keyin Ispaniya kubogi finalida "Alaves"ga qarshi bahs olib borishini eslatib o‘tamiz.

Ispaniya chempionati, 38-tur
BARSELONA – EYBAR - 4:2
21 may, 23.00, «Kamp Nou»
Gollar: 0:1 – 7 Inui, 0:2 – 61 Inui, 1:2 – 63, avtogol Junka, 2:2 – 73 Suares, 3:2 – 75, penalti Messi, 4:2 – 90 Messi.
Noaniq penalti: Messi (70, darvozabon)
Barselona – ter Shtegen, Suares, Umtiti, Alba, Buskets, Marlon, Rakitich (Pako Alkaser, 71), Serji Roberto (Andre Gomesh, 46), Inyesta, Neymar, Messi.
Eybar – Yoel, Arbilya, Junka, Kapa, Lejen, Penya (Leon, 68), Eskalante (Rivera, 83), Dani Garsiya, Inui, Enrik (Galves, 76), Kike.
Ogohlantirishlar: Eskalante (19), Kapa (30), Buskets (41), Penya (54).
Chetlatish: Kapa (74).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:10, 22.05.2017.
O'qildi: 7433 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик