Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘zbekiston kubogi. «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» (prevyu)

O‘zbekiston kubogi. «Qo‘qon-1912» – «Metallurg» (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston Kubogi 1/8 finalining dastlabki o‘yinlari o‘tkaziladi.

«Qo‘qon-1912» o‘z maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qiladi. Mazkur uchrashuvga doir qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Mazkur jamoalar bugun birinchi marta O‘zbekiston kubogi doirasida maydonga tushishadi. Bu kunga qadar kubok o‘yinlarida bekobodliklarga qarshi maydonga tushmaganmiz.

Qo‘qonliklar 1992 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston Kubogi bahslarida 15 marta ishtirok etishgan. (Oldin “Temiryo‘lchi” nomi ostida qatnashgan). 2002/2003 yili guruh bosqichida birinchi o‘rinni olgan va 1/8 finalda “Buxoro”ga yutqazgan. O‘sha yili jamoa “Qo‘qon-1912” nomi ostida ishtirok etgan.

2013 yilda, birinchi bosqich texnik g‘alaba, ikkinchi bosqichda “So‘g‘diyona” mag‘lub etilgan. 1/8 finalda “Lokomotiv”ga yutqazilgan.

2014 yil. Birinchi bosqichda “O‘z Dong Ju” ikkinchi bosqichda “Neftchi” penaltilar seriyasida mag‘lub etilgan. 1/8 finalda “Paxtakor”ga mag‘lub bo‘lgan.

2015 yil. Ikkinchi bosqichda “Xotira-79” mag‘lub etilgan. 1/8 finalda “So‘g‘diyona”ga yutqazib quyilgan.

2016 yil. Ikkinchi bosqichda “NBU Osiyo” dog‘da qoldirildi. 1/8 finalda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Navbahor” mag‘lub etildi. Chorak finalda “Buxoro”ga yutqazgan.

Bugun maydonga tushadigan bu jamoalar roppa-rosa bir oy oldin, ya’ni 22 aprel kuni O‘zbekiston chempionati doirasida Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohida to‘qnash kelishgandi. O‘sha uchrashuvni ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan No‘’mon Hasanov shogirdlari raqibni yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgandi. O‘sha o‘yinda Suhrob Berdiyev bekobodliklar posbonini uch marta xafa qilgandi.

O‘zbekiston Kubogi
1/8 final, Birinchi uchrashuv
«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Metallurg» (Bekobod)
Hakamlar: A. Rahimov (Andijon), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), SH. Nasibullayev (Namangan)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

Bugun uchrashuv soat 17:30da boshlanadi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 10:30, 22.05.2017.
O'qildi: 2764 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.