Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Oksana Chusovitina nomi Xalqaro gimnastika shuhrat zaliga kiritildi

Oksana Chusovitina nomi Xalqaro gimnastika shuhrat zaliga kiritildi

Baho:
+ | -

Taniqli gimnastikachi Oksana Chusovitina nomi Xalqaro gimnastika shuhrat zaliga (IGHOF) kiritildi.

Uni gimnastikaning rivoji yo‘lida ulkan xizmatlarini qo‘shgan sportchilar safiga kiritish marosimi shanba kuni Oklaxoma-Sitida (AQSH) bo‘lib o‘tgan 21-an’anaviy tadbirda tashkillashtirildi, deb xabar qilindi shuhrat zali rasmiy saytida.

O‘zbekistonlik gimnastikachidan tashqari, Xalqaro gimnastika shuhrat zalidan yaponiyalik Sun Fudzimoto (Olimpiada-1976 oltin medali sohibi), Aleksey Nemov (4 karra Olimpiya chempioni) va amerikalik Alisiya Sakramone (2008 yilgi O‘yinlar sovrindori) ham o‘rin oldi.

Oksana Chusovitina 1975 yilda Buxoroda tug‘ilgan. U sportdagi faoliyatini 1990 yilda Sobiq Ittifoq termasida boshlagan va hozirga qadar davom ettirib kelmoqda. Oksana Chusovitina 1992 yilgi Barselona olimpiadasida oltin, 2008 yilgi Pekin olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Uch karra jahon chempioni, Yevropa va Osiyo o‘yinlari chempioni.

U gimnastika tarixida 7 marotaba (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016) yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan yagona sportchi sifatida Ginnesning Rekordlar kitobidan o‘rin olgan.

20 may kuni sportchi yana bir noyob muvaffaqiyatga erishdi — Chusovitina Xalqaro shon-sharaf zaliga kiritilganidan so‘ng sportchi sifatidagi faoliyatini davom ettirgan yagona gimnastikachi hisoblanadi.

1987 yilda tashkil etilgan IGHOF’ning so‘nggi yigirma yillik faoliyati davomida unga jahonning 22 mamlakatidan 91 sportchi kiritilgan.

Manba: gazeta.uz
Kiritildi: 10:43, 22.05.2017.
O'qildi: 3389 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.