Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Intervyu. Ronaldinyo: «Futbolni pul uchun o‘ynamaganman»

Intervyu. Ronaldinyo: «Futbolni pul uchun o‘ynamaganman»

Baho:
+ | -

Yaqin o‘tmishning mashhur futbolchisi, braziliyalik Ronaldinyo Konfederasiyalar kubogi bog‘ining ochilish marosimida qatnashish maqsadida  Rossiyaning Qozon shahriga tashrif buyurdi. Vaqti tig‘izligiga qaramay, «Barselona» elchisi RT nashri savollariga javob berishga fursat topdi.

— Rossiyaga avval ham kelgansiz. Ammo qozonga birinchi bor tashrif buyurdingiz. Taassurotlar qanday?

— Ko‘p joyni ko‘rishga vaqt topilmadi. Ammo ko‘chalarda hayot qizg‘in ekaniga guvoh bo‘ldim. qolaversa, «qozon Arena» stadionida tashkil etilgan marosimlarda qatnashdim. Menimcha, u juda yaxshi holatda va musobaqalarga tayyor.

— Yevropadagi ilk klubingiz Fransiyaning «Pari Sen-Jermen»i bo‘lgan. Dastlabki tajriba qiyinchilik tug‘dirmaganmi?

— Bu ajoyib damlar edi. Parij - ajoyib va mo‘’jizakor shahar. U yerni juda yaxshi ko‘raman. Okean ortidagi faoliyatimni Avgustin Okocha, Nikolya Anelka va boshqa ajo­yib futbolchilar bilan boshlaganimdan xursandman. «PSJ»da ko‘p narsani o‘rganganman.

— 2003 yili Frank Raykaard boshchiligidagi «Barselona»ga ko‘chib o‘tdingiz. Gollandiyalik mutaxassis sizga katta erkinlik yaratib bergani haqida ko‘p gapirgansiz. Agar o‘shanda boshqa murabbiy bo‘lganida, Ronaldinyo o‘sha darajasiga chiqa olarmidi?

— Frank men uchun nafaqat yaxshi murabbiy, balki qalin do‘st ham edi. Albatta, murabbiyning erkinlik yaratib berishi - bu katta narsa.

— Haqiqiy iqtidoringizni aynan «Barselona»da ko‘rganmiz. U yerda ko‘plab do‘stlar orttirdingiz va Deku haqida ko‘p gapirgansiz...

— Do‘stligimiz kiyinish xonasi va futbol maydonida emas, balki kundalik hayotda ham davom etardi. Tyago Motta, Karles Puyol bilan ham juda yaqin edim.

— 2005 yilning 17 noyabrini yaxshi eslasangiz kerak?

— To‘g‘risi, sanalar yodimda qolmaydi.

— Shu kuni tomoshabinlar bilan liq to‘lgan «Santyago Bernabeu» stadioni «el-klasiko»dan so‘ng ilk bora «Barselona» futbolchisini olqishlagan. Vaholanki, o‘shanda madridliklar darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgandingiz.

— Bu kabi voqealar bugun meni xursand qilmoqda. O‘sha payt unchalik e’tibor bermaganman, chunki diqqatim o‘yin­ga qaratilgandi. Vaqt o‘tgandan keyin ortga boqib, nimalar bo‘lganini tushunib olarkansiz.

— Siz uchun eng esda qolarli gol qaysi?

— Birortasini aniq ko‘rsata olmayman. Chunki esimni taniganimdan beri futbol o‘ynayman. Hammasi mini-futboldan boshlangan. Keyinchalik «Gremio», «Pari Sen-Jermen», «Barselona», «Milan», «Flamengo», «Atletiko Mineyro» va «Keretaro» klublari sharafini himoya qildim. Faoliyatim davomida ko‘plab gollar urdim. Ulardan aksariyati chiroyli chiqqan.

— «Barselona» bilan 25 million yevrolik shartnoma imzolagandingiz. O‘sha paytlarda bu katta pul hisoblanardi. Hozirgi kunda esa futbolchilar 100 millionlab topishmoqda. Sport aqldan ozmayaptimi?

— Nima deb javob berishga ham hayronman. Men hech qachon pul uchun futbol o‘ynamaganman. Lekin ba’zida shunday imkoniyat yuzaga kelardiki, undan voz kechib bo‘lmasdi. Ko‘p pul topib, oilamga yordam berganim muvaffaqiyatimdir. Umuman olganda, bunday narsalar haqida bosh qotirib o‘tirmayman. Mutasaddilar futbolchilarga shuncha pul to‘lashyaptimi, demak ularni shunga loyiq, deb hisoblashadi.

— Ispaniyaga Romario, Rivaldo va Ronaldodan keyin yo‘l olgansiz. Ushbu futbolchilar ispan futboliga katta quvonch olib kelishgandi. Bundan tashqari, ular yana qanday xislatlari bilan esingizda qolishgan?

— Uchchalasi ham o‘ta iqtidorli futbolchi bo‘lishgan. Ular mamlakat futbol tarixining bir bo‘lagiga aylanishdi. Baxtim shuki, afsonalar bilan yelkama-elka to‘p surdim. «Barselona»dagi faoliyatimni boshlaganimda zimmamda katta mas’uliyat bor edi. Chunki bu jamoada Romario, Ronaldo va Rivaldolarga izdosh bo‘lishim talab etilardi.

— Ro-Ri-Ro plyus Kaka...

— Bitta jamoada jahonning eng yaxshi futbolchisi nomini qo‘lga kiritgan to‘rt yulduz to‘p surganini eslay olmayman. Men, Ronaldo, Rivaldo va Kaka birga edik.

— Lionel Messi haqida qanday xotiralar qolgan?

— U hamisha saviyali futbol namoyish qiladi. Har doim «Messini bolaligidan bilganman», deb faxr­lanib gapiraman. Uning otasi va oila a’zolari bilan do‘stlashganman.

— Neymarni yangi Ronaldinyo deyishadi. Ammo uning kumiri bo‘lishingizga qaramay, ushbu o‘xshatishlarni yoqtirmas ekan. U sizning darajangizga chiqa oladimi?

— Menga ham o‘xshatishlar yoqmaydi. Neymar hozirda ajoyib o‘yin namoyish qilmoqda. Yaqin orada yuksak cho‘qqilarni zabt etishiga shubham yo‘q.

— Xosep Gvardiola «Barselona»ni qabul qilib olganida qolishingizni so‘ragan, ammo formangizni bahona qilib, rad javobini bergan ekansiz.

— Haqiqatan ham, bu borada gaplashganmiz. Biz hamisha yaxshi munosabatda bo‘lganmiz. Xosep jamoani qabul qilib olganida uni murabbiy emas, balki do‘st sifatida ko‘rdim. Unga yangi chaqiruvlar kerakligini aytdim. Gvardiola meni to‘g‘ri tushundi. Bu ikki do‘stning ochiq suhbati edi.

— «Barselona»ga klub elchisi sifatida qaytdingiz...

— Bu men uchun kutilmagan bo‘ldi. Hozirgi vazifamdan xursandman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:58, 22.05.2017.
O'qildi: 5496 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик