Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Filipp Lam — tirik afsonaning o‘zi haqidagi haqiqatlari

Filipp Lam — tirik afsonaning o‘zi haqidagi haqiqatlari

Baho:
+ | -

«Bavariya» afsonasi Filipp Lam o‘z faoliyatini yakunladi.

“Men hech qachon Filippning yomon o‘ynaganini ko‘rmaganman. U shak-shubhasiz mutlaq afsona va men ko‘rgan futbolchilar orasida eng aqllilaridan biri", – degandi bir paytlar “Bavariya”ni boshqargan Xosep Gvardiola.

"Filipp futbol o‘ynash borasida barchaga o‘rnak bo‘la oladi. U aqllli harakat qiladi, uzoq yillik tajribaga ega, xalqaro maydonlarda doim nimalarga qodir ekanligini isbotlab kelgan. Eng muhimi, u katta yurakka, qat’iyatga va ajoyib xarakterga ega futbolchi. U Germaniya terma jamoasining ramzi, u avtoritet, u lider" — bu esa Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyovning fikrlari.

Ha, yuqoridagi fikrlarda jon bor. Kecha faoliyatini yakunlagan Filipp Lam dunyo futbolining tirik afsonasiga aylanib ulgurdi.

Bir paytlar Daniel Lam o‘g‘li haqida shunday degandi: “U futbol o‘ynaydi va futbol bilan yashaydi”. Xo‘sh, futbolchining o‘zi haqidagi haqiqatlari qanday? Bu haqda futbolchining fikrlari quyidagicha:

“Bolaligimda basketbol bilan jiddiy shug‘ullanganman — savatchaga to‘p tushirish borasida ustasi farangga aylangandim. Biroq oradan ancha vaqt o‘tdi va men ayni damda futbol o‘ynayapman”.

“Asosiysi — sening kuching. Men buyuk emasman, buyuk bo‘lishga majbur bo‘lgan va shunga harakat qilgan futbolchiman. Men yuqori darajadagi o‘yinchi emasman, menga shunchaki kuchli futbolchi sifatida qarang”.

“Men Paolo Maldiniga taqlid qilaman. Uning faoliyati shunchaki aql bovar qilmas. Shuningdek, men Biksant Lizarazyudan ham ko‘p narsa o‘rganganman”.

“O‘ng qanot himoyasida o‘ynashni yoqtirishimni juda ko‘p aytganman. Biroq markaziy himoyada ham hech qanday e’tirozsiz o‘ynab ketaverganman. Jamoam uchun qaysi chiziqda o‘ynashim foydali bo‘lsa, o‘sha chiziqda harakat qilganman. Chunki men taktikaning emas, “Bavariya”ning futbolchisiman”.

“Agar futbolchi universal bo‘lsa, demak unda yuksak idrok va aql bor. Qanot himoyachisiga universal bo‘lishi uchun juda ko‘plab talablar qo‘yiladi. Men bu talablarni bajarganman”.

“Boshqa chempionatda harakat qilishdan aslo qo‘rqmaganman. Shunchaki “Bavariya”dan kuchliroq jamoadan taklif bo‘lmagan. Eng asosiysi, men tub myunxenlikman va ona yurtimdan uzoqqa ketishni istamayman”.

“Bavariya”ning sardori bo‘lganimdan faxrlanaman. Bu klubning timsoli bo‘lish men uchun chinakam avtoritet. Myunxendan chiqqan futbolchining “Bavariya” afsonasiga aylanishi esa juda yoqimli holat”.

“Men kitobni pul uchun yozmayman. Daromadlarim menga emas, xayriya fondlariga borib tushadi. Mening daromad keltiradigan boshqa ishlarim talaygina”.

“Mening eng katta kuchim professional futbolchi bo‘lganligimdir. Qolaversa, men terma jamoa bilan jahon chempionatini, klub bilan esa Yevropa Chempionlar ligasini yutganman”.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 14:43, 22.05.2017.
O'qildi: 3814 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.