Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Chempionlar ligasi va Yevropa ligasini hech kim ikki martadan yutmagan. Mourinyo birinchi bo‘lishi mumkin

Chempionlar ligasi va Yevropa ligasini hech kim ikki martadan yutmagan. Mourinyo birinchi bo‘lishi mumkin

Baho:
+2 | -

Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi musobaqalarida ikki martadan zafar quchish hozirga qadar hech bir mutaxassisga nasib qilmagan. Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo bu borada birinchi bo‘lib olishi mumkin.

U «Portu»ni 2003 yilgi mavsum Yevropada nufuzi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi klublar musobaqasi — UYEFA kubogida (hozirgi Yevropa ligasi) chempion qilgandi. Oradan bir yil o‘tib «Portu» Yevropa Chempionlar ligasida ham bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Mourinyo 2010 yil Milanning «Inter» klubi bilan ham Chempionlar ligasida zafar qucha oldi. Oradan yetti yil o‘tib u «Manchester Yunayted» bilan Yevropa ligasi finaliga qadar yetib keldi.

Bugun — 24 may kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da «Ayaks» va «Yunayted» klublari Yevropa ligasi bosh sovrini uchun final o‘yinida maydonga chiqadi. Mazkur uchrashuvdagi g‘alaba sabab Mourinyo shaxsiy rekordlarini yana bittaga ko‘paytirib, Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida ikki martadan g‘olib chiqqan yagona mutaxassisga aylanib olishi mumkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:11, 24.05.2017.
O'qildi: 9858 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик