Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Birinchi liga. «Xorazm» Andijondan ochko bilan qaytadi

Birinchi liga. «Xorazm» Andijondan ochko bilan qaytadi

Baho:
+ | -

Birinchi ligada 11-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Andijonda mahalliy jamoa «Xorazm» klubini qabul qildi.

Birinchi bo‘lim mezbonlarning ustunligi ostida o‘tdi. 28-daqiqada tajribali hujumchi Anvar Berdiyev o‘yinda hisobni ochdi. Oybek Nurmatovning burchakdan oshirgan to‘pini u boshi bilan darvozaga yo‘lladi.

Ikkinchi bo‘lim asabiy tarzda kechdi. Jamoa futbolchilari ketma-ket qo‘polliklarga yo‘l qo‘ya boshladi. Natijada, 57-daqiqada «Andijon» futbolchisi Sanjar Asqaraliyev maydondan chetlatildi. Bundan xorazmliklar unumli foydalanib qolishdi. 61-daqiqada Oybek Nurbayev maydon markazidan to‘pni havolatib jarima maydoniga yetkazib bergach, Yerbol Seytnazarov qarshisidagi himoyachi va darvozabonni aldab o‘tib, darvozani aniq nishonga oldi – 1:1.

63-daqiqada mehmonlar hujumchisi Timur Bekchanov maydondan chetlatildi. Natijada tarkiblar tenglashib qoldi.

79-daqiqada mehmonlarning qarshi hujumi samarali yakunlandi. Sardor Matmurotov o‘ng qanotdan to‘pni havolatib jarima maydoniga oshirdi, Temur Ismoilov esa to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi – 1:2.

Ammo mehmonlar quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. 84-daqiqada Anvar Berdiyev gol urib, hisobni tenglashtirdi. O‘yin 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Birinchi liga, 11-tur
ANDIJON - XORAZM - 2:2 (1:0)
Gollar: Anvar Berdiyev (28, 84) - Yerbol Seytnazarov (61), Temur Ismoilov (79)
«Andijon»: 95. Barakatillo Isroilov 4. Dilmurod Mahmudov 6. Ibrohim Otaxonov (S) 7. Shahboz Jumaboyev 8. Farhod Bekmuratov 10. Anvar Berdiyev 15. Abdurasul Komilov 21. Muhammadyusuf Abdumajidov 23. Sanjar Asqaraliyev 26. Qahramon Mahamadjonov 70. Oybek Nurmatov.
Zaxira: 34. Lochin Dolimov 11. Farruh Shotursunov 18. Abdulaziz Yoqubov 20. Kemran Nadjafaliyev 22. Maqsud Mahmudov 29. Baxtiyor Qosimov 77. Shahzod Karimov.
«Xorazm»: 35. G‘ayrat O‘dayev (S) 4. Aybek Nurboyev 5. Ravshan Sultonov 8. Abdumalik Toshpo‘latov 10. Timur Bekchanov 11. Sardor Matmurotov 12. Jasur Otajonov 13. Muhammadqodir Rahimberganov 15. Zohid Raupov 16. Kamron Abdulhamidov 17. Yerbol Seytnazarov.
Zaxira: 30. Eldor Shuhratbekov 2. Baxtishod Yo‘ldoshev 6. Hamro Qodirov 7. Temur Ismoilov 9. Javlon Primbetov 14. Nodirbek Sobirov 18. Dilshod Yarashev.
Chetlatish: Asqaraliyev (57) – Bekchanov (63)

Manba: Xorazm FK muxlislari telegram kanali

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:39, 25.05.2017.
O'qildi: 4541 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.