Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna

“Real”da mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi kim?

“Real”da mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi kim?

Baho:
+ | -

Ushbu mavsumning so‘nggi turida qozonilgan g‘alabadan so‘ng, “Real” uzoq kutilgan La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu albatta, mavsum mobaynida yetakchi futbolchilarining ko‘rsatgan mahoratlari evaziga bo‘ldi.

Biroq, “qaymoqlilar”ning eng yaxshi o‘yinchisi maqomiga kim haqli? Ramos, Modrich, Beyl, Isko, Xames, Asensio, Marselo, Karvaxallarning jamoada o‘z o‘rni bor. Biroq, Goal ashri talqiniga ko‘ra eng yaxshilar quyidagicha:

Alvaro Morata

Jamoaning asosiy hujumchisi Karim Benzema La Liga va Chempionlar Ligasida (ayniqsa, « Atletiko »ga qarshi bahsda) bir tekis bo‘lmagan yuqori saviyadagi o‘yinlarini namoyish etdi. Biroq, zaxirada o‘tiradigan Morata esa La Liga o‘yinlarida ancha samarali natijalarga erishdi. Aynan u 15 gol kiritib, klubda Krishtianu Ronaldudan (25 gol) keyingi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Morataning gollari ham muhim bo‘ldi. Uning “Vilyarreal”ga kiritgan g‘alaba to‘pi, “Selta”, “Sporting Xixon” jamoalariga kiritgan gollari, “Leganes”ga kiritgan xet-triki “Real”ning chempionlik uchun kurashishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Toni Kroos

Germaniyalik futbolchi ushbu mavsumda jamoaning yuragiga aylandi. 2014-yilda « Qirollik klubi »ga kelib qo‘shilgan Kroos o‘zining eng yaxshi mavsumini o‘tkazdi. 27 yoshli yarim himoyachi « Selta »ga qarshi bahsda jamoasiga g‘alaba keltirgan yagona golini urdi. Uning 11 golli uzatmalari, ayniqsa, « El clasico »da yoki « Deportivo »ga qarshi bahsda Ramosga uzatgan to‘pi benazirlikka aylandi. Uning 92,1 % aniq pas uzatmasi La Liganing eng yaxshi ko‘rsatkichga aylandi.

Krishtianu Ronaldu

Ba’zi muxlislar portugaliyalik yulduzni “Bavariya”, “Atletiko”, “Kashima Antlers”ga qarshi kechgan bahslarda o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini o‘tkazdi degan fikrda. Biroq, KR7 « Real » uchun chempionat doirasida 25 gol urishga erishdi va jamoasining to‘purariga aylandi.

Zidan esa unga kerakli paytda dam olishiga imkon berishi mavsumning yakuniy qismiga yuqori sport formasida yetib kelishini ta’minladi. Chempionlar Ligasi yarim finalida “Atletiko”ga kiritilgan xet-trik yoki La Liga doirasida “Visente Kalderon”da urgan gollari unutilmas san’at asarlariga aylandi. To‘purarlik bilan birga jamoadoshlarini ham to‘p bilan ta’minlab turishni unutib qo‘ymadi. Uning 6 golli uzatlani amalga oshirishi buning yaqqol isbotidir. Ronaldu haqli tarzda “Real”ning mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga munosib!

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 21:25, 25.05.2017.
O'qildi: 15776 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.