Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Jizzaxda “Barkamol avlod-2017” o‘yinlari start oldi

Jizzaxda “Barkamol avlod-2017” o‘yinlari start oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Barkamol avlod
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 25 may kuni Jizzax viloyatida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalariga start berildi. Jizzax oradan 16 yil o‘tib, ushbu musobaqaga ikkinchi marta mezbonlik qilmoqda.

Kecha, 24 may kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutining quyosh o‘chog‘idan alanga oldirilgan “Barkamol avlod-2017” sport o‘yinlarining mash’alasi Jizzax shahriga kirib kelgandi.

“Barkamol avlod-2017” sport o‘yinlarining dastlabki medallari suzish bo‘yicha ishtirokchilarga nasib etdi. “So‘g‘diyona” universal sport majmuasida “Barkamol avlod – 2017” saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan eng sara sportchilar brass, chalqancha, batterflyay, erkin hamda aralash estafeta usullarida suzish bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Qizlar o‘rtasida ellik metrga batterflyay usulda suzish bahslarida qashqadaryolik Fotima Amilova marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tib, oltin medal sohibi bo‘ldi. Shu masofaga o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqalarda andijonlik Zufar Abdulazizov birinchi o‘rinni egalladi.

O‘smirlar va qizlar o‘rtasida ellik metrga chalqancha usulda suzish bahslarida poytaxtlik sportchilar Irina Ushakova va Aleksey Tarasenko shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Yuz metrga batterflyay usulda suzishda qoraqalpog‘istonlik Marjina O‘razimbetova va poytaxtlik Artyom Kozlyuk eng yaxshi natija qayd etdi.

Ikki yuz metrga erkin usulda suzish bahslarida andijonlik Shahnoza Sodiqova va Navoiy viloyati vakili Olimjon Odilov g‘olib chiqdi. Qizlar o‘rtasida aralash estafeta musobaqasida Qashqadaryo viloyati, o‘g‘il bolalar o‘rtasida Toshkent shahri jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Suzish bo‘yicha musobaqalarning birinchi kuni natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ochko jamg‘argan Toshkent shahri jamoasi birinchi, andijonliklar ikkinchi, kashqadaryoliklar uchinchi o‘rinni egallashdi. Musobaqalar yakunida g‘oliblarga diplom va sovg‘alar topshirildi. 

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 11:04, 26.05.2017.
O'qildi: 8007 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.