Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Real» mudofaani kuchaytirish uchun «ideal» variant topdi

«Real» mudofaani kuchaytirish uchun «ideal» variant topdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol Madridning «Real» klubi uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib turibdi. Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, «qirollik klubi» xorvatiyalik futbolchini himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun «ideal» variant deb hisoblamoqda.

Ispaniya grandi vakillari jamoada ham markaziy himoyada, ham chap qanotda birdek o‘ynay oladigan futbolchini ko‘rishni istashmoqda — «qaymoqranglilar» Gvardiol bu rolga juda mos kelishiga aminlar.

O‘z navbatida, «shaharliklar» 24 yoshli futbolchi bilan xayrlashishni istamayapti va u bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Yoshko Gvardiolning transfer qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 06:32, 10.06.2026.
O'qildi: 1155 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик