Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Eronga qarshi o‘yin oldidan: terma jamoamizning optimal tarkibi qanday bo‘lishi kerak?

Eronga qarshi o‘yin oldidan: terma jamoamizning optimal tarkibi qanday bo‘lishi kerak?

Baho:
+-1 | -

Hademay 2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga saralash doirasida navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda terma jamoamiz Eronga qarshi bahs olib boradi. Bu o‘yin biz uchun juda muhim, agar Eronni mag‘lub etsak, kamida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilamiz. Agar yutqazib qo‘ysak, uchinchi o‘rin ham xavf ostida qolishi tayin. Ayni damda bosh murabbiy Samvel Babayanning oldidagi asosiy muammolardan biri tarkib masalasidir. Xo‘sh, asosiy tarkib qanday bo‘lishi kerak?

HIMOYA CHIZIG‘I — MUAMMOLAR YETARLICHA

“Nasaf”ga qarshi o‘yinda ko‘rsatgan xurmacha qiliqlari tufayli Davron Hoshimov uchun terma jamoa eshiklari yopilsa ham ajablanmaymiz. Boisi uning bunday qo‘polliklarini bizning hakamlar kechirgan taqdirda ham, osiyolik hakamlar kechirmasligi tayin, ular yuzxotir qilib o‘tirishmaydi. Oqibatda Davron qizil kartochka olib, terma jamoamizni qiyin ahvolga tushirib qo‘yishi tayin. Ochig‘i, hozirda terma jamoamiz himoyasi uchun bitta aniq, ko‘ngilni xotirjam qiladigan nomzod bor — Vitaliy Denisov. Biroq u qanot himoyachisi. Markaziy himoyada esa ayni damda Anzur Ismoilovga ishonch bildirishga majburmiz, qolaversa, Islom To‘xtaxo‘jayev ham yomon o‘ynayotgani yo‘q-ku, biroq bu ikkalasi ayrim hollarda, ayniqsa, muhim o‘yinlarda uyaltirib qo‘yishlari mumkin. Yana bir qanotda esa Babayan Shuhrat Muhammadiyevni tushirsa bo‘ladi, aytganday, bizda Akmal Shorahmedov varianti ham bor, xullas, ayni damda terma jamoamizning himoyasini ko‘ngildagidek qilish uchun tajribali himoyachilar yetarli emasdek, nazarimizda. Ehtimol, murabbiylar yuqoridagilardan boshqa variantlarni ham topishar.

YARIM HIMOYA — NISBATAN YAXSHIROQ

Albatta, Odil Ahmedov — Sardor Rashidov — Server Jeparov — Jaloliddin Masharipov — Marat Bikmayev — va hokazo. Xullas, Samvel Babayanda himoya chizig‘idan ko‘ra yarim himoya chizig‘ida variantlar ko‘proq. Qolaversa, terma jamoamiz safida aynan shu chiziqda ishonchli harakat qiladigan charm to‘p ustalari ko‘proq uchraydi. Faqat Babayan Eronga qarshi matchda tezkorroe yarim himoyachilardan foydalanishi kerak. Masalan, Sardor Rashidov, Odil Ahmedov, Jaloliddin Masharipov va agar o‘yini o‘xshasa va o‘sha kuni yaxshi formada bo‘lsa Marat Bikmayev. Agar Marat hujum chizig‘ida o‘ynasa, boshqa bir futbolchi topish kerak.

HUJUM CHIZIG‘I — YANGILANISHLAR KERAK

Hujum chizig‘imiz ancha paytdan beri islohotga muhtoj bo‘lib turibdi. Eronga qarshi o‘yin oldidan esa bu islohotlarni yanada kuchaytirish kerak. Bizningcha, Eronga qarshi Mourinyo “Ayaks”ga qarshi tanlagan taktika — 4-5-1 dan yoki 4-4-2 dan foydalanishimiz kerak. Birinchi variant biroz ma’qulroqqa o‘xshayapti, boisi Eron va terma jamoamizning hozirgi holati shuni taqozo qilmoqda. Hujumda esa Temurxo‘ja Abduxoliqovdan, agar vaziyat yana bir hujumchidan foydalanishni taqozo etsa jon kuydirib o‘ynaydigan futbolchidan foydalanish kerak.

Biz yaxlit tarkib keltirmadik, bu boradagi hukmni o‘zingizga qoldirdik. Qani, kimning optimal tarkibi murabbiylarimizning tanlovi bilan mos kelarkin?

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 22:19, 26.05.2017.
O'qildi: 14958 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.