Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike: "Balki, 10 iyul kuni "Barselona"ga qaytib, hammaga syurpriz qilarman"

Luis Enrike: "Balki, 10 iyul kuni "Barselona"ga qaytib, hammaga syurpriz qilarman"

Baho:
+1 | -

"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya kubogi finalida "Alaves" bilan uchrashuv oldidan fikrlarini bildirdi.

"Balki, men 10 iyul kuni sizlarga syurpriz qilarman. Kimdir yurak xurujini boshdan kechirishi mumkin, men esa yoshman... Nima uchun qaytmasligim kerak?

Matbuot mening ishda qariganimni aytmoqda, o‘zingiz esa to‘lishib ketgansiz.

Men qatorasiga uchinchi Ispaniya kubogi finaliga chiqishimdan emas, undagi g‘alabadan mamnun bo‘laman. Menda "Barselona"ning yana bir siklini sovrin bilan tugatish imkoniyati bor.

"Alaves" - salobatli jamoa, ular yaxshi mavsumni o‘tkazdilar. Ular uzoq masofali paslarni yaxshi o‘ynaydilar. Biz esa "Alaves"ning finalda o‘ynash tajribasi yo‘qligidan foydalanishga harakat qilamiz.

Bu matbuot anjumanlari sirkka o‘xshaydi, ammo bu yerda masxaraboz kim ekanligini aytmayman.O‘zimni bu yerda noqulay his qilaman. Men o‘z o‘yinchilarimni himoya qilishga harakat qildim, chunki bu mening usulim, uni o‘zgartirmoqchimasman", - deydi Luis Enrike.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:50, 27.05.2017.
O'qildi: 11231 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик