Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Bugun futbol! "Navbahor" - "Bunyodkor"

Bugun futbol! "Navbahor" - "Bunyodkor"

Baho:
+ | -

Bugun "Navbahor" O‘zbekiston chempionati 12- tur bellashuvlari doirasida Toshkentning "Bunyodkor" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Soat 19:00 da boshlanadigan mazkur uchrashuvga oid qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

*** "Navbahor" ushbu mavsumda o‘z maydonida xali mag‘lub bo‘lmadi. O‘tkazilgan 6 o‘yinda Mo‘minjonov shogirdlari 3 g‘alaba va 3 durang qayd etishgan.
*** "Bunyodkor" safarda beshta bahs o‘tkazib, 1 bor uch ochko ishlagan. "Qaldirg‘ochlar" mehmondan 2 bor durang va 2 bor mag‘lubiyat bilan ortga qaytishgan.
*** 10 o‘yinda "Bunyodkor" 7 bor gol urgan. Shundan 3 ta to‘p mehmonda urilgan. Jami o‘tkazilgan 8 golning yarmi safar bellashuviga to‘g‘ri keladi. 
*** "Navbahor" o‘tkazgan 11 golining beshtasi (birinchi bo‘limda 3)Namanganda kechgan o‘yinda sodir bo‘lgan. Jami urilgan 13 golning 8 tasi "Markaziy" o‘yingohda amalga oshgan. 
*** Bugungi raqib safar o‘yinlarida birinchi bo‘limda hozircha umuman gol urmagan. "Bunyodkor"ning safar uchrashuvida birinchi taymda urgan maksimal gollari soni ham, o‘tkazilgan gollar soni ham 1 tani tashkil qiladi.
*** "Navbahor"ning amaldagi mavsumda eng yirik g‘alabasi  2:1 hisobida ("Obod" ustidan). "Bunyodkor"ning erishgan eng yirik g‘alabasi 2:1 hisobida ("Neftchi" ustidan).
*** Namanganliklar eng yirik mag‘lubiyatni 1:2 hisobida "Qizilqum"dan qabul qilishgan. Toshkentlilkarning eng yirik mag‘lubiyati 0:1 hisobida ("Qizilqum", "Mash’al" va "Sho‘rtan"dan)
*** "Qaldirg‘ochlar"ning eng ko‘p qayd etadigan hisobi - 1:1 (4 mkarotaba). "Lochinlar" 1:0 hisobini 3 bor qayd etishgan. 
*** Agarda bugun "Navbahor" durang o‘ynasa, bu borada "Qizilqum"ning natijasini (ketma-ket 4 o‘yin) takrorlaydi.
*** Qatorasiga 8 o‘yindan buyon "Bunyodkor" o‘z darvozasidan gol o‘tkazib kelmoqda. Bugun "Navbahor" gol ursa, poytaxtliklar "Obod" va "Dinamo" natijasiga yetib olishadi.
*** Ayni paytda "Bunyodkor" Oliy liga jamoalari orasida eng kam gol uradigan jamoa bo‘lib kelmoqda. 
*** Statistika "Bunyodkor" eng zerikarli klub ekanini ko‘rsatmoqda. Ushbu jamoa 10 bahsda urgan va o‘tkazib yuborgan gollari jami 15 ta. Ya’ni, "Bunyodkor" ishtirokida bir o‘yinda o‘rtacha 1.5 ta gol urilmoqda.
*** "Navbahor" darvozasiga Oliy ligada ushbu mavsumda 4 bor penalti belgilangan. Ushbu ko‘rsatgich bo‘yida "lochinlar" "Olmaliq" bilan birga peshqadam.
*** O‘z maydonida tomoshabin to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijani "Navbahor" namoyish etmoqda. Namangandagi 6 o‘yinga jami 97193 nafar tomoshabin kirgan.
*** Uy o‘yiniga eng kam tomoshabin kirgan jamoa esa "Bunyodkor" hisoblanadi. "Bunyodkor" o‘yingohida 5 uchrashuvda jami 4189 ta odam kirgan. 
*** Mirjalol Qosimov boshqarayotgan jamoa to‘purari Doston Hamdamov hisoblanadi. U jamoaning urgan 7 golidan beshtasiga mualliflik qilgan. 
*** "Navbahor" to‘purarlari ro‘yxatini Nemanya Yovanovich (4 gol) boshqarmoqda. 
*** O‘zbekiston U-22 terma jamoasiga chaqirilgan darovzabon Dilshod Hamroyev, himoyachilar Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, yarim himoyachilar Xurshid G‘iyosov, Sardor Azimov, Nurillo To‘xtasinov, Mirjamol Qosimov va Doston Hamdamov bugun "Bunyodkor"ga yordam bera olishmaydi.
*** "Navbahor"dan ham O‘zbekiston U-22 terma jamoasiga himoyachi Abbos Otaxonov va hujumchi Ravshan Xursanov chaqirtirilgan.
*** Bugungi uchrashuv bosh hakam Vladislav Seytlin ushbu mavsumda hozirgacha 8 o‘yinda ishlagan. Uchrashuv boshqarish soni bo‘yicha u Ravshan Ermatovdan (10 ta o‘yin) ortda qolmoqda xolos.
*** O‘rtacha baxo olish bo‘yicha ham Seytlin (8.8 ball) faqatgina Ermatovdan (9.1) ortda qolmoqda xolos.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 12:34, 27.05.2017.
O'qildi: 3414 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.