Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Sarmast Konte va alamzada Venger — Angliya kubogi uchun kim ko‘proq haqli?

Sarmast Konte va alamzada Venger — Angliya kubogi uchun kim ko‘proq haqli?

Baho:
+ | -

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:25 da Angliya kubogining final uchrashuvi start oladi. Unda Londonning ikki klubi — “Chelsi” va “Arsenal” maydonga tushishadi. Xo‘sh, mazkur sovrin uchun kimning imkoniyati ko‘proq? Angliya kubogiga kim ko‘proq haqli?

ISHTAHASI KARNAY KONTE

Antonio Konte Angliyaga kelgan zahoti ishtahasi ancha karnay ekanligini ko‘rsatib ulgurdi. Uning “Chelsi” o‘yiniga singdirgan taktikasi shunchalik mukammal chiqdiki, oqibatda “aristokratlar” Angliya chempionligini muddatidan avval hal qilishdi. Angliya kubogiga ham ajoyib formada yetib kelishdi.

Antonio Konte bugungi finalda ham istagan taktikasini qo‘llashi mumkin — tarkib bunga javob beradi. Azar formada, Kante formada, Kosta formada, xullas, Konte kimni tushirishni istasa, hammasi “Men jangga shayman”, deb turibdi. Qolaversa, “Chelsi” futbolchilarining kayfiyatlari hozir a’lo darajada. Chempionlik va g‘alabalar ta’mini totib ko‘rgan “aristokratlar” Angliya kubogining ham ta’midan bahramand bo‘lishga qarshi emas. Agar Konte mazkur o‘yinga muhim match sifatida qarasa va shunga yarasha tarkib hamda taktika tanlasa, Arsen Venger shogirdlari so‘nggi ilinjlaridan ham ayrilishlari mumkin. Konte esa o‘ziga xos natija qayd etgan bo‘ladi.

ALAMZADA VENGERNING UMIDI

Angliya chempionatidagi 4-o‘rin armon bo‘lib qolgach, Arsen Venger va “Arsenal” futbolchilarining ko‘z oldi qorong‘ilashgani bor gap. Boisi bu omadsiz natija “Arsenal”ni keyingi yili YECHLda ishtirok etish huquqidan mahrum qildi. Bu “Arsenal”ning uzoq yillik an’anasiga chek qo‘ydi, ya’ni London klubi ancha yillardan beri YECHLga yo‘llanma olib kelayotgandi. Aslida, “Arsenal” tarkibida tarixda ham, hozir ham juda ko‘p iqtidorli futbolchilar o‘ynagan. Bunday o‘yinchilar bilan katta g‘alabalarga erisha olmaslik sababini Vengerdan boshqa hech kim bilmasa kerak. Xususan, joriy mavsumda ham O‘zil, Sanches, Uolkott va boshqa tajribali futbolchilar bilan o‘ynagan “Arsenal” yakunda avvalgidan-da salbiy natija qayd etdi. Xullas, Vengerning so‘nggi umidi endi Angliya kubogi finalidan. Aksiga olib, fransiyalik mutaxassis mazkur o‘yinda Petr Chexning xizmatidan foydalana olmas ekan. Bu esa uning vazifasini yanada qiyinlashtiradi. Biroq bu “Arsenal”da hech qanday imkoniyat yo‘q, degani emas. “Arsenal” shu paytga qadar ham “Chelsi” mag‘lub etib kelgan. Bu safar ham bu ishni uddalasa bo‘ladi. Faqat buning uchun to‘g‘ri taktika, o‘rinli tarkib va omad kerak bo‘ladi.

Demak, barchangizni bugungi futbol oqshomiga taklif etamiz (aytgancha, mazkur o‘yin va Ispaniya kubogi finali Rossiyaning “Futbol 1” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi).

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 20:22, 27.05.2017.
O'qildi: 4680 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.