Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Mirjalol Qosimov: “Durang o‘yinga yarasha bo‘ldi”

Mirjalol Qosimov: “Durang o‘yinga yarasha bo‘ldi”

Baho:
+ | -

Oliy liga 12-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Bunyodkor” (1:1) o‘yinidan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini aytdi.

«Vodiy yoki Namangandagi o‘yinlardan doimo yaxshi taassurot qoladi. Negaki, o‘yingohni to‘ldirib o‘tirgan muxlislar jamoalarni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashadi. Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi. Shuning uchun maydonda qiziqarli va jangovor o‘yin bo‘ldi. Qolaversa, “Navbahor” tarkibida jismoniy tomondan baquvvat futbolchilar ko‘pchilikni tashkil etishadi. Ular iloji boricha standart vaziyatlarda ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynashadi. Bugun ham ular bu borada qiyinchiliklar tug‘dirishdi. Namanganliklarni shu tarzda o‘yin ko‘rsatishlarini o‘rganib chiqqandik. O‘z navbatida futbolchilarimiz ham imkon qadar yaxshi harakat qilishga intilishdi. Buning samarasi o‘laroq ikkinchi bo‘limda gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Bundan tashqari gol urish yana boshqa vaziyatlar ham yuzaga keldi. Futbolda o‘yinchilar bir-biriga yordam berish kerak. O‘ylashimcha bugun qiziqarli va chiroyli o‘yin bo‘ldi. Qayd etilgan durang natija ham haqqoniy bo‘ldi. Yakuniy natijani salbiy va ijobiy tomonlari bor. Goldan keyin ham yaxshiroq harakat qilib, xatolarga yo‘l qo‘ymaslik kerak edi. Lekin, futbol shunisi bilan qiziq. Bizni bugun g‘alaba qoniqtirardi. Shunday bo‘lsada, hozirgi ahvolimizda natija qoniqtirdi.

Boshqa jamoalardan ham taklif bo‘lgandi. Nafaqat O‘zbekistondan balki chetdan ham chorlovlar bo‘lgandi. Misol uchun o‘tgan yili “Navbahor”dan ham taklif tushgandi. “Bunyodkor” jamoasi men uchun begona jamoa emas. Klub tashkil etilgandan beri jamoada faoliyat yuritdim. “Bunyodkor”ga mehrim o‘zgacha bo‘lganligi sababli sabr bilan kutildi. Vaqti soati kelib jamoaga qaytishim amalga oshdi. Bundan tashqari inson uchun eng kerakligi dam olib, sog‘lig‘imga ham e’tibor qaratdim. Ish bilan hayot o‘tib ketaveradi. Inson o‘zini ham o‘ylashi kerak. Negaki, futboldan tashqari oila degan iboralar ham bor. Farzandlar va nabiralarga ham e’tibor qaratish muhim sanaladi. O‘rtada yuzaga kelgan tanaffus men uchun foydali bo‘ldi deb o‘ylayman» - dedi Qosimov.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:05, 27.05.2017.
O'qildi: 4349 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик