Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal

Ilhom Mo‘minjonov: “Vaziyatlardan foydalana olmaslik durangni ta’minladi”

Ilhom Mo‘minjonov: “Vaziyatlardan foydalana olmaslik durangni ta’minladi”

Baho:
+ | -

Oliy liga 12-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Bunyodkor” (1:1) o‘yinidan so‘ng, mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov o‘z fikrlarini aytdi.

«Bugungi o‘yin durang natijaga mos bo‘ldi. Vaziyatlardan unumli foydalanilganida “Bunyodkor” ham, “Navbahor” ham yakunda g‘alaba qozonishi mumkin edi. Lekin, yakunda g‘alaba qozonish hech bir jamoaga nasib etmadi. Har bir murabbiy yakuniga yetgan uchrashuvdan so‘ng oliy liga taqvimi va musobaqa jadvaliga nazar tashlaydi. Bugungi durang natijadan keyin ham jamoamiz musobaqa jadvalidagi mavqeini saqlab qoldi. Oldimizda yana uchta o‘yin bor. Navbatdagi uchrashuvlarda ham imkon qadar yaxshi harakat qilib, birinchi davrani kuchli beshtalikda yakunlashga harakat qilamiz. Hakamlar haqida nima ham deyish mumkin? Futbolchilarimizni “Bunyodkor” jarima maydonchasi ichida yiqilishlari ko‘p kuzatildi. Seytlin mamlakatimizning tajribali hakamlaridan biri sanaladi. Shunday ekan uning chiqargan qarorlari to‘g‘ri bo‘ldi deb o‘ylayman. Agarda qoida buzilganida raqib darvozasiga penalti belgilanardi. O‘yinchilarimiz gol urish uchun astoydil intilishdi. Shu sababli, ular hakamlardan penalti belgilashni ham so‘rashdi. Bu futbol, hakamlarga baho qo‘ya olmayman. Hayotda hamma adashadi. Bitta o‘yin bilan hayot to‘xtab qolmaydi. Ayni paytda bor e’tiborimizni 31 may kuni “Neftchi”ga qarshi kubokdagi javob o‘yiniga qaratamiz. Shundan so‘ng to‘rt kunlik ta’tilga chiqib birinchi davraning so‘nggi uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz. Oxirgi o‘yinlarda maksimal darajada ochkolar to‘plab, musobaqa jadvalidagi mavqeimizni saqlab qolishga harakat qilamiz.

Bugun asosiy tarkibning besh nafar futbolchini yo‘qligi bilindi. Shunga qaramay, maydonda harakat qilgan futbolchilarimizga rahmat aytaman. Ayni paytdagi o‘yinchilar bilan “Navbahor” bundanda yaxshi o‘yin ko‘rsatishi lozim. Yetakchilarimiz sekin-asta safga qo‘shilishadi. Eng asosiysi ertadan mashg‘ulotlarga Oybek Qilichev qo‘shiladi. Mamlakat kubogida rahbariyat tomonidan maksimal natijani qayd etish vazifasi qo‘yilgan. Har bir murabbiy va futbolchi mamlakat kubogida g‘olib chiqish va hech bo‘lmaganda finalga chiqishni orzu qiladi. Shunday ekan bizni ham kubokda g‘olib chiqish niyatimiz bor» - dedi Mo‘minjonov. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:26, 27.05.2017.
O'qildi: 3353 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.