Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Futbol daholarining faoliyatini yakunlayotgan Totti haqidagi fikrlari

Futbol daholarining faoliyatini yakunlayotgan Totti haqidagi fikrlari

Baho:
+ | -

28 may kuni Italiya A seriyasinining so‘nggi, 38-turi doirasida «Roma»ning afsonaviy sardori, 40 yoshli «imperator» Franchesko Totti professional futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi. Shu munosabat bilan futbol olamidagi eng ko‘zga ko‘ringan shaxslarning italiyalik hujumchi to‘g‘risidagi fikrlarini taqdim etamiz.

Pele, 2016 yil may: «Totti italiyalik Pelemi? Ha, shunday deyish mumkin. Bu super futbolchi».

Diyego Maradona, 2017 yil may: «Franchesko Totti – Rim imperatori! U men hayotim davomida ko‘rgan eng yaxshi futbolchi bo‘lib qoladi».

Florentino Peres, 2013 yil iyun: «Men Tottini «Real»ga olib kelishga uringanim rost. Bu juda buyuk futbolchi, biroq bu ushalmagan orzuligicha qoldi».

Zinedin Zidan, 2016 yil fevral: «Bu Totti bir o‘zi o‘ynaydigan spektakldir, uning oldida shlyapamni yechaman. Futbolni yaxshi ko‘ruvchi insonlar Tottini maydonda ko‘rishni istaydi».

Mishel Platini, 2015 yil oktyabr: «Totti futbol dahosidir. U butun faoliyatini bir jamoada o‘tkazgan yagon buyuk futbolchi».

Frans Bekkenbauer, 2009 yil dekabr: «Tottining haqiqatdan oltin oyoqlari bor. U butun dunyoga mashhur Bandiyera (bayroq)dir».

Lionel Messi, 2016 yil sentyabr: «Men senga doim havas qilib kelganman, seni uchratgan kunimdan buyon bu havas yanada oshgan. Umid qilamanki, sen hali yana uzoq vaqt o‘ynaysan».

Arsen Venger, 2009 yil fevral: «Bu jahon darajasidagi futbolchi. Totti hamma ishni bir o‘zi qilishi mumkin. Uning har bir to‘p uzatishi sizni «o‘ldirishi» mumkin. U bir harakat bilan himoyalarni «ochib tashlay» oladi».

Milosh Zeman, 2016 yil iyun: «Tarixdagi besh nafar eng yaxshi italyan futbolchisi? Totti, Totti, Tottti, Totti va Totti».

Luis Enrike, 2014 yil may: «Men Tottiga maftun bo‘lgan odamman. Hatto uning rafiqasi uni mendan rashk qiladi. Bu chempion bilan ishlash men uchun sharaf edi».

Roje Federer (tennischi), 2016 yil aprel: «Franchesko va men o‘z sport turlarimizda timsollarmiz. Uning futbol uchun qilgan ishlariga teng keladigani yo‘q. Bu haqiqiy namuna. Bu zamonaviy timsol».

Pep Gvardiola, 2014 yil oktyabr: «Bu hayratlanarli futbolchi. Uning futbolga bo‘lgan muhabbatini his qilish mumkin. Uni hozirgi yoshida shunday qat’iy holda ko‘rish – ajoyib».

Raul, 2015 yil aprel: «Totti ajoyib futbolchi, o‘z avlodining eng yaxshilaridan biri. Uni o‘z jamoasida ko‘rishni istamagan kimdir bormi?».

Luka Modrich Totti bilan almashtirgan futbolkasi haqida: «Bu futbolka men o‘z faoliyatimda almashgan liboslar orasida eng qadrlisidir. U mening kumirim».

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 23:10, 27.05.2017.
O'qildi: 5364 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.