"Arsenal" yarimhimoyachisi Fransis Koklen Angliya kubogi finalida "Chelsi" ustida qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:1) fikrlarini bildirdi.
"O‘ylashimcha, bu sovrinni qo‘lga kiritish murabbiylar uchun har doim yoqimli bo‘lgan. Yaqin kunlarda uning qarorini bilib olamiz. U qanday qaror qabul qilishidan qat’iy nazar bu sovrinni yutishimiz lozim edi. Buni uddalaganimizdan xursandmiz.
Biz ishonamizki, Venger qoladi. Ammo bu qarorni biz chiqarmaymiz. Murabbiyning o‘zi qaror chiqaradigan yagona inson. Yaqin kunlar ichida voqealar qanday bo‘lishini kutamiz, ammo biz Angliya kubogini yutganimizdan baxtiyormiz", - deydi Koklen.