«Inter» klubi rahbariyati hujumchi Gabriel Barbozaning o‘yinidan qoniqmagan.
Braziliyalik futbolchi kelasi mavsumda ijaraga berib yuborilishi mumkin. U bilan «Las-Palmas» va «Sampdoriya» qiziqmoqda.
Gabriel Barboza o‘tgan yili yozda «Inter» safiga kelib qo‘shilgan edi. Futbolchi jamoaning asosiy tarkibida o‘rnashib qololmadi.