Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Karlush Keyrush: «O‘zbekistonga qarshi o‘yin biz uchun xuddi JCH finalidek bo‘ladi»

Karlush Keyrush: «O‘zbekistonga qarshi o‘yin biz uchun xuddi JCH finalidek bo‘ladi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 iyun kuni JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida Tehron shahridagi “Ozodiy” stadionida Eron termasiga qarshi ro‘baro keladi.

Eron terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan Avstriyada tayyorgarlik ko‘rmoqda. Eronliklar ustozi Karlush Keyrush Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bo‘lajak bahs olididan o‘z firklarini yozib qoldirdi.

“Avstriyadagi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inida ekanmiz, o‘z-o‘zimizga bir savol berish vaqti keldi: O‘zbekistonga qarshi JCH saralash o‘yini oldidan fidoyilik yoki qoniqish hosil qilishmiz kerakmi? Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsam, O‘zbekistonga qarshi bellashuvda kiritiladigan 3 ochko bizga JCH yo‘llanmasini beradi.

O‘zbekistonga qarshi o‘yin biz uchun xuddi JCH finalidek bo‘ladi. Har doim aytib kelganim kabi, biz o‘zimizning Jahon chempionatimizni o‘ynayapmiz! O‘zbekiston bilan o‘yin eng qiyini va muhimi bo‘libgina qolmay, jamoa sifatida kuchimizni ko‘rsatishga katta imkoniyat beradi. Bo‘lajak o‘yindan qoniqish hosil qilish emas, har bir daqiqa va har bir lahzada to‘liq burch, to‘liq e’tibor, to‘liq professionallikni ko‘rsatishimiz kerak.

Bundan kami bizni qoniqtirmaydi, chunki muvaffaqiyat osonlik bilan kelmaydi. Jamoaning har bir futbolchisi, har bir xodimi va saralash bosqichi uchun mas’ul bo‘lgan har bir inson borini berishi va fidoyilik qilishi lozim”, – dedi Karlush Keyrush.

Ma’lumot uchun, “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, 13 ochko jamg‘argan Janubiy Koreya ikkinchi pog‘onada bormoqda. O‘zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan uchinchi o‘rinni band qilgan. 4–6 o‘rinlarni mos ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va Qatar termalari egallagan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 09:50, 29.05.2017.
O'qildi: 9478 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик