Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

“Barkamol avlod - 2017” sport o‘yinlari yakunlandi

“Barkamol avlod - 2017” sport o‘yinlari yakunlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Barkamol avlod
Rukn: Yangiliklar

25 - 27 may kunlari Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” universal sport majmuasi stadionida akademik lisey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining “Barkamol avlod-2017” sport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada eng ko‘p medal jamg‘arib, birinchi o‘rinni egallagan Toshkent shahri jamoasi bosh mukofot – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barkamol avlod-2017” sport o‘yinlari qatnashchilariga tabrigining asl nusxasi va Prezident sovg‘asi – Damas avtomobili bilan taqdirlandi.

Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan Andijon viloyati va uchinchi pog‘onadan joy olgan Samarqand viloyati jamoalariga Prezident sovg‘asi – Damas avtomobillari topshirildi.

Murosasiz kurashlarda alohida mahorat ko‘rsatgan, tengqurlari orasida yuqori natijalarga erishgan bir guruh o‘quvchi-sportchilar maxsus sovrinlarga sazovor bo‘ldi.

Sportning 17 turi – basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, shaxmat, og‘ir atletika, boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, suzish, yengil atletika, tennis, stol tennisi, badminton va badiiy gimnastika bo‘yicha bellashuvlarda lisey va kollejning 898 o‘quvchisi ishtirok etdi. Sportchilar 193 oltin, 193 kumush va 214 bronza medali uchun bahs olib bordi.

Musobaqalarning yopilish marosimida “Barkamol avlod-2017” sport o‘yinlarining bayrog‘i tushirildi. Uni jizzaxlik sportchilar akademik lisey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining navbatdagi final musobaqasiga mezbonlik qiladigan Qashqadaryo viloyati vakillariga topshirdi.

Uch kun davomida porlab turgan “Barkamol avlod –2017” mash’alasi asta so‘ndirildi.

“Barkamol avlod-2017” o‘yinlarining yopilish marosimi sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari va san’atkorlarning katta konserti bilan yakunlandi.

“Barkamol avlod-2017” sport musobaqalarining yopilish marosimida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 11:48, 29.05.2017.
O'qildi: 5284 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.