Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Samvel Babayan Tailand va Eronga qarshi o‘yinlarga jalb etilgan futbolchilarni e’lon qildi

Samvel Babayan Tailand va Eronga qarshi o‘yinlarga jalb etilgan futbolchilarni e’lon qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida Tehron shahrida Eron termasi bilan to‘qnash keladi. Undan avval esa terma jamoa Toshkentda Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bo‘lajak o‘yinlarga 28 futbolchini jalb qildi. Quyida ular bilan tanishing:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”);

Himoyachilar: Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Farrux Sayfiyev (“Nasaf”), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy), Yegor Krimes (“Beyjing Goan”, Xitoy), Islomjon Qobilov (“Metallurg”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”);

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”), Server Jeparov (“Istiqlol”, Eron), Javohir Siddiqov (“Qo‘qon-1912”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Sardor Rashidov (“Al-Jaish”, Qatar), Marat Bikmayev (“Lokomotiv”), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Fozil Musayev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Azizjon G‘aniyev (“Nasaf”), Vadim Afonin (“Orenburg”, Rossiya), Odil Hamrobekov (“Nasaf”);

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog‘iston).

O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar himoyachisi – Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv” Toshkent), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva) hamda Aleksandr Merzlyakov (“Qo‘qon-1912”) klub mashg‘ulotlarida orttirib olgan jarohatlari tufayli Tailand va Eronga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6 iyun kuni Toshkentda Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bellashuv “Bunyodkor” stadionida soat 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Eronga qarshi uchrashuv esa 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 13 ochko bilan ikkinchi, O‘zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:08, 29.05.2017.
O'qildi: 21756 marta.
Fikrlar: 51 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик