Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Intervyu. Javohir Sidiqov: «Paxtakor» istalgan vaqtda meni qaytarib olishi mumkin»

Intervyu. Javohir Sidiqov: «Paxtakor» istalgan vaqtda meni qaytarib olishi mumkin»

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” jamoasi muxlislarining “yoqimtoy” futbolchisi Javohir Sidiqov bilan suhbatlashib, ko‘pchilik muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob olishga harakat qildik.

- Javohir avvalo “Qo‘qon-1912” jamoasining  asosiy kuchi nimada?
- Avvalombor  chempionat boshlanmasidan oldin, 12 turdan so‘ng “Qo‘qon-1912” jamoasi turnir jadvalida 2-o‘rinda bo‘ladi deyilsa ko‘pchilik ishonmagan bo‘lardi.  Bu holatimiz albatta o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Buning zamirida murabbiylarimiz, futbolchilarimiz va  rahbarlarimizning  juda katta mehnatlari yotibdi. Bosh murabbiyimiz mavsum boshida  jamoani  yaxshi  shakllantira  olganlari, yaxshi tarkibni yig‘a olganlarini ham aytib o‘tishim lozim. Tarkib qancha kuchli bo‘lmasin, bosh murabbiy o‘yinlarga futbolchilarni to‘g‘ri tayyorlay olmasa yoki to‘g‘ri taktika tanlay olmasa natijaga erishish qiyin bo‘ladi. Bosh murabbiyimiz mavsum boshidan maqsadimiz stadionga muxlislarni qaytarish ekanligini ta’kidlab keladilar. Mana hozirgi kunga kelib maqsadimizga sekin – asta erishib kelmoqdamiz. Jamoamizning asosiy kuchi bu birdamligimizda deb o‘ylayman.

- Uchrashuvlarga tayyorgarlik jarayonlari qanday kechmoqda? Ko‘proq qaysi holatlarga e’tibor qaratasizlar?
- Har bir uchrashuvga albatta qaysi jamoa bilan o‘ynashimizga qarab tayorgarlik ko‘riladi. Bu hammaga ma’lum narsa. Har bir jamoaning  o‘z yetakchilari yoki kuchli futblchilari bo‘ladi, shunga qarab raqib o‘yinini muhokama qilamiz va bosh murabbiyimiz bergan ko‘rsatmalari asosida tayyorgarlik olib boramiz.

- Bugungi kunda sizni “Paxtakor” jamoasi o‘z safiga qaytarishi haqidagi gap-so‘zlar , muxlislaringizni xavotirga solmoqda. Bu borada o‘zingiz nima deysiz?
-  Avvalo stadionda bizni qo‘llab kelayotgan muxlislarimizga  o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Har bir o‘yinda ularni xursand qilish uchun maydonga chiqmoqdamiz , bundan keyin ham muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuch-g‘ayratimizni ayamaymiz. O‘zimga keladigan bo‘lsam “Paxtakor”  jamoasi meni tarbiyalagan, “Paxtakor” akademiyasida futbol sir-asrorlarini o‘rganganman.  Lekin No‘’mon Hasanov meni oliy ligada ishonch bildirib maydonga tushirdilar . Buning uchun u kishiga katta rahmat aytaman. Ishonchlarini qo‘ldan kelgancha oqlashga harakat qilmoqdaman. Hozirgi kunda “Qo‘qon-1912” da ijara shartnomasi asosida to‘p surmoqdaman. Agar ixtiyor o‘zimni qo‘limda bo‘lganida edi , jon-jon deb meni oliy ligada maydonga tushirib muxlislarga tanitgan No‘’mon aka Hasanovning qo‘l ostilarida o‘ynashda davom etardim. Lekin afsuski bu masalani hal qilish o‘z qo‘limda emas. “Paxtakor” jamoasi bilan shartnomam bor, ular istagan vaqtda meni Toshkentga qaytara olishadi.  Men uchun har ikkala jamoam ham qadrli, har ikki jamoa rahbarlariga ham katta rahmat aytaman.

- Qo‘qondagi muxlislar haqida nima deysiz?
- Qo‘qondagi muxlislar haqida bir og‘iz gap aytishim mumkin, ularga gap bo‘lishi mumkin emas. Men “Paxtakor”da oliy ligada o‘ynamaganman, balkim shu uchun bilmagandirman. Qo‘qonga kelib muxlis kimligini bildim. Qo‘qon kichkina shahar bo‘lgani bilan bu yerda futbolni juda yaxshi ko‘rishadi. Muxlislarimiz bizni har bir o‘yinda ajoyib tarzda qo‘llab kelishmoqda. Muxlislarimzga rahmat, sog‘ bo‘lishsin.

- Muxlislar sizni “Messi”ga qiyoslashmoqda. O‘zingizning kumiringiz qaysi yulduz futbolchi? Siz kimga o‘xshashni havas qilgansiz?
- Albatta  Argentinalik Messi kabi buyuk futbolchiga o‘xshashni yoshligimdan orzu qilaman. Qo‘qonda  muxlislar Messiga qiyoslashmoqda, bu albatta yoqimli holat. Biroq men hayotda va futbolda o‘z o‘rnimga ega bo‘lmoqchiman. Javohir degan nomni dunyoga tanitmoqchiman.  Buning uchun hali ko‘p ishlashim kerak va men mehnat qilishga tayyorman. Muxlislarimizga esa shunday buyuk futbochiga qiyoslashayotganlari uchun yana bir bor rahmat aytaman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:02, 30.05.2017.
O'qildi: 4915 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.