«Haddersfild» bosh murabbiyi Devid Vagner «Reding» ustidan g‘alaba qozonib, APLga chiqqanidan so‘ng, o‘z fikrlarini bildirdi.
«Ko‘plab ekspertlar mavsum boshida bizga ishonmagandi. Yangi yilga yaqin qolganida, barcha raqiblar bilan o‘ynab chiqqanimizdan so‘ng, imkoniyat borligiga ishongandim. Hozir bo‘lgan voqea g‘aroyib tarix, ertak. Odatda APLga chiqish uchun 3-4 yil kerak bo‘ladi. Juda xursandman. Bu yerga kelganimda hamma menda tajriba yo‘qligini, Britaniya futbolini tushunmasligimni, futbol o‘ynamaganimni aytgandi. Istak va yurakdan ishlash tajribadan ko‘ra muhimroqligini ta’kidlagandim», – dedi Vagner.