Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Qo‘qon-1912» O‘zbekiston kubogi chorakfinaliga chiqdi

«Qo‘qon-1912» O‘zbekiston kubogi chorakfinaliga chiqdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi nimchorakfinalining javob o‘yinida «Metallurg» va «Qo‘qon-1912» bahslashdi. Dastlabki o‘yinda qo‘qonliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Jamoalar o‘yinni ehtiyotkorlik bilan boshlashdi. 13-daqiqaga kelib, Sanjar Qodirqulov mehonlar darvozasiga ilk xavfli zarbani yo‘lladi. Muzaffar Abdullayev o‘z o‘rnida.
Shundan keyin mehmonlar ketma-ket xavfli hujumlar uyushtirishdi. Hisob ochilishiga biroz omad yetishmadi.

20-daqiqa Berdiyev va Gojkovich zarbalarini darvozabon qaytardi. 25-daqiqada mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Timur Usmonov darvozabon bilan birga-bir chiqib bordi va vaziyatdan oqilona foydalandi.

Ikkinchi bo‘limni mehmonlar faol tarzda boshladi. Rayevasning to‘p oshirishidan so‘ng Andrey Sidorov darvozabon bilan deyarli birga – bir vaziyatga chiqib zarba yo‘lladi. Gol bo‘lishiga bir necha sm aniqlik yetishmadi.

61-daqiqada hisob tenglashdi. Burchak zarbasidan so‘ng Oybek Rustamov yo‘llagan zarba darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni esa Gojkovich raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.
73-daqiqada Otaqo‘ziyev qo‘qonliklarni oldinga olib chiqdi. Nosir darvozabon bilan birga– bir chiqib gol urdi.

77-daqiqada Filip Rayevas jarohat olib maydonni tark etdi. Bu vaqtga kelib, uchta futbolchi almashtirilgani bois, qolgan daqiqalarni mehmonlar maydonda bir kishi kam bo‘lgan holda o‘tkazdi. 82-daqiqada mehmonlar jarima maydoni ichida raqibga nisbatan qo‘polik ishlatishdi. Hakam hech ikkilanmay penalti belgiladi. Penaltini Doston Tursunov aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

O‘yin yakunlanishi arafasida yana penalti belgilandi. Yana o‘sha Doston Tursunov uni aniq amalga oshirdi va mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

So‘nggi daqiqada Suhrob Berdiyevning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. O‘yin 3:2 hisobida yakunlandi va «Qo‘qon-1912» chorakfinalga yo‘l oldi.

O‘zbekiston kubogi, 1/8 final
Javob uchrashuvi.
«Metallurg» (Bekobod) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – 3:2
Gollar: Timur Usmonov 24, – 1:0. Darko Gojkovich 61, – 1:1. Nosir Otaqo‘ziyev 73, – 1:2. Doston Tursunov 82 penalti, – 2:2. Doston Tursunov 89 penalti, – 3:2.
Hakamlar: A. Risqullayev (Toshkent), S. Hakimov (Samarqand), SH. Kamarov (Samarqand), D. Jalimov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).
«Metallurg»: 1.Zafar Safoyev, 7.Doniyor Adilov, 9.Farhod Namozov, 13.Sanjar Qodirqulov, 15.Zohid Abdullayev (34.Zuhrillo Boboyev, 46), 20.Dostonbek Tursunov, 23.Kamronbey Kapadze, 27.Muhammadjon Qahramonov, 28.Abrorbek Toshqo‘ziyev, 77.Doniyor Ismoilov (33.Umid Rahimov, 72), 95. Timur Usmonov
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 4.Hikmat Hoshimov, 5.Jasur Ahmedov, 19.Alisher Ziyavutdinov, 40.Islomjon Qobilov
«Qo‘qon-1912»: 21. Muzaffar Abdullayev, 4. Bahodir Akramov (10. Javohir Sidiqov, 46), 5.Jalil Kimsanov, 8. Sobir Hamidov, 11. Andrey Sidorov (9. Nosir Otaqo‘ziyev,58 ), 17.Avazxon Mamatxo‘jayev (99. Filip Rayevas46), 19. Suhrob Berdiyev, 55. Darko Gojkovich, 77.Murod Xolmuhammedov, 96. Muhammadanas Hasanov, 97. Oybek Rustamov
Zaxira: 13. Nikita Ribkin, 7.Jamshid Hasanov, 24. Ibrohim Rahimov, 25. Iqbol Malikjonov,
Birinchi o‘yin: 0:2

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 19:55, 30.05.2017.
O'qildi: 3148 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.