Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 19:00 Metallurg 1-1 Navbahor
24/05 19:30 Olimpik 0-0 Andijon
24/05 23:45 Jenoa 2-0 Bolonya
25/05 00:00 Jirona 7-0 Granada
25/05 17:00 Osasuna - Vilyarreal
25/05 19:15 Real Sosyedad - Atletiko
25/05 21:00 Yuventus - Monsa
25/05 21:30 Almeriya - Kadis
25/05 21:30 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
25/05 23:45 Milan - Salernitana
26/05 00:00 Real Madrid - Betis
26/05 17:00 Xetafe - Malyorka
26/05 19:15 Selta - Valensiya
26/05 19:15 Las-Palmas - Alaves
26/05 21:00 Atalanta - Torino
26/05 21:00 Napoli - Lechche
26/05 23:45 Verona - Inter
26/05 23:45 Empoli - Roma
26/05 23:45 Frozinone - Udineze
26/05 23:45 Lasio - Sassuolo
27/05 00:00 Sevilya - Barselona

“Nasaf” O‘zbekiston Kubogi chorak finaliga yo‘l oldi

“Nasaf” O‘zbekiston Kubogi chorak finaliga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Bugun G‘uzorda O‘zbekiston Kubogi-2017 nimchorak finalining javob uchrashuvida, “Nasaf” Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bilan bahs yuritdi.

Bugun mezbonlar maydonda ishonchli va tartibli o‘yin namoyish etdi. Birinchi bo‘limda ko‘proq to‘p bilan muomala qilib, raqibni to‘psiz qoldirishga harakat qilishdi. “Paxtakor” jamoasi esa imkon bo‘lgandan oldinga o‘tishga urindi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida jamoalar golga tortadigan xavfli vaziyatlar yaratishmadi. Birinchi bo‘limda darvozalar dahlsizligi saqlanib qoldi.

Ikkinchi bo‘limda stadionga tashrif buyurgan futbol ishqibozlari, birinchi bo‘limga nisbatan mutlaqo boshqa o‘yinga guvoh bo‘lishdi. Endi maydondagi ustunlik butunlay mezbonlar tomonida bo‘ldi. To‘g‘ri, ikkinchi bo‘lim boshida “Paxtakor” jamoasi faolroq harakat qildi. Ammo vaqt o‘tgan sayin o‘yin tizgini "Nasaf" qo‘liga o‘tdi.

Ketma-ket tashkil etilgan hujumlar natijasida, “Paxtakor” jamoasi himoyachilari xatolarga yo‘l qo‘ya boshlashdi. Qarshiliklarning eng xavfli hujumlaridan dastlabkisi 63-daqiqada sodir bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Doniyor Narzullayev maydonning o‘ng qanotidan mehmonlar jarima maydonchasiga kirib borib, to‘pni Bahrom Abdurahimovga oshirib berdi. Afsuski, bu vaziyatda Abdurahimov to‘pga yetib kela olmadi.

Uchrashuvdagi hisob 64-daqiqaga kelib, Bahrom Abdurahimov tomonidan ochildi. U Dragan Cheran bilan devor usulida o‘ynadi. Bu paytda Dragan Cheran to‘pni oyoqlari orasidan Abdurahimovga takror tashlab berdi. Abdurahimov esa Lobanov bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va to‘pni bir zarba bilan darvoza to‘riga joylab qo‘ydi – 1:0. Himoyachilar bu vaziyatda hatto bir muddat to‘xtab ham qolishdi. Ular o‘zlaricha sun’iy ravishda o‘yindan tashqari holatni yuzaga keltirishmoqchi bo‘lishdi. Vaziyatni to‘g‘ri baholagan hakam esa o‘yinni to‘xtatmadi.

Bu goldan keyin mezbonlarning hujumlari juda keskin tus oldi. Ularning tashkil etgan hujumlari, “Paxtakor” jamoasining himoyachilarini ancha sarosimaga solib qo‘ygan edi. Ammo uchrashuvda hisob o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi.

Shunday qilib, “Nasaf” kubok nimchoragining ikkala uchrashuvida ham “Paxtakor”ni mag‘lubiyatga uchratib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Kubok chorak finalida qarshiliklarga “Qo‘qon-1912” jamoasi raqiblik qiladi.

 

O‘zbekiston Kubogi-2017. 1/8 finali javob uchrashuvi

“Nasaf” (Qarshi) – “Paxtakor” (Toshkent) 1:0 (0:0). 3850 tomoshabin

30.05.2017. “G‘uzor” markaziy stadioni. 18:30

Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy)

Qanot hakamlari: Obid Jumayev, Ruslan Samandarov (barchasi -Navoiydan)

Zaxira hakami: Komiljon Rasulov (Qashqadaryo vil.)

Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent).

Gol: Bahrom Abdurahimov, 64’-1:0.

Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Maqsud Karimov (45.Bobir Abduxoliqov 70), 6.Azizjon G‘aniyev, 10.Dilshod Rahmatullayev, 18.Bahrom Abdurahimov (14.SHarof Muhitdinov 90+1), 22.Igor Golban, 23.SHerzod A’zamov (s), 27.Islom Rashidxonov (38.Doniyorjon Narzullayev 58), 34.Farruh Sayfiyev, 69.Dragan Cheran.

Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 9.Dilshod Xushbakov, 31.Saydullo Rahmatov.

Paxtakor”: 12.Aleksandr Lobanov, 4.Adnan Oraxovas, 5.Akbar Ismatullayev, 8.SHerzod Karimov (20.Jasur Hakimov 71), 10.Jamshid Iskandarov, 11.Igor Sergeev, 17.Suxrob Nurullayev (22.Jasur Yaxshiboyev 69), 21.Kamoliddin Tojiyev (s), 27.Doston Ibroximov (28.Stanislav Andreev 46), 29.Vladimir Kozak, 34.Xushnudbek Avilov.

Zaxira: 16.SHoxruh Raimov, 3.Xojiakbar Alijonov, 7.Azim Axmedov.

Ogohlantirish: Doniyorjon Narzullayev 69 – Kamoliddin Tojiyev 16, Adnan Oraxovas, 45+1, Akbarjon Ismatullayev 67. 

Dastlabki uchrashuv: “Paxtakor” – “Nasaf” 0:3.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 00:30, 31.05.2017.
O'qildi: 5679 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.