Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Dragan Cheran: "O‘zbek futboliga saviyali legionerlar kerak"

Dragan Cheran: "O‘zbek futboliga saviyali legionerlar kerak"

Baho:
+ | -

Oliy liganing bu yilgi mavsumi boshqacha boshlandi, kuchli jamoalar soni ortdi, kutilmagan natijalar soni ko‘paydi. Bir so‘z bilan aytganda birinchi davra yakuniga kelib mag‘lub bo‘lmagan jamoaning o‘zi qolmadi.

Voqealar rivojining bunday tus olishiga esa legionerlarning o‘z ulushi bor. Tan olish kerak bu mavsumda futbolimizga mahalliy o‘yinchilarda bir bosh ustun legionerlar olib kelindi. Bu esa o‘z so‘zini aytmay qolmadi.

Yurtimizdagi legionerlar orasida tezda muxlislar mehrini qozongan va eng samarador o‘yin ko‘rsatayotgan xorijlik futbolchi bu Qarshining “Nasaf” jamoasi hujumchisi Dragan Cheran bo‘lib turibdi.

O‘tgan mavsum yarmida «ajdarlar» safidagi bo‘shliqni to‘ldirgan serbiyalik charm to‘p ustasi ikkinchi davrada 13 uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 12 bor ishg‘ol etgan edi.

Biz esa “Nasaf”ning “Metallurgga qarshi o‘yini oldidan klubning Toshkent shahridagi qarorgohida bo‘lib, Dragan bilan eksklyuziv intervyu uyushtirishga muvaffaq bo‘ldik.

-Salom Dragan, sizga dastlabki savolim quyidagicha, bu yilgi mavsum siz uchun qanday o‘tmoqda?

Mavsum qiziqarli o‘tmoqda deb ayta olaman, chunki bu yil Oliy Ligada kuchsiz jamoalar deyarli yo‘q. Har bir o‘yin qiyin kechmoqda. Bu mavsumda g‘alaba qozonish oson bo‘lmayapti, sababi barcha jamoalar yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatishmoqda.

-Mavsum boshidan buyon qaysi o‘yinni nihoyat qiyin kechdi deb ayta olasiz?

Bu savolga aniq javob aytishim qiyin. Yuqorida aytib o‘tganimdek, bu mavsumda barcha jamoalarning saviyasi oshgan. Shunga qaramay, «Lokomotiv» va «Olmaliq»qa qarshi o‘yinlarni qiyin kechdi deb ayta olaman, umuman olganda ochko yo‘qotgan barcha o‘yinlarimiz qiyin kechdi.

-Siz O‘zbekistonga kelguningizga qadar Ozarbayjonda to‘p surgansiz, endi aytingchi, Ozarbayjon va O‘zbek futboli o‘rtasida qanday tafovut bor? O‘xshashlik bormi?

Ozarbayjon futbolini kuchli deb bilaman, chunki u yerda kuchli legionerlar bor. Bu esa chempionatning darajasini oshiradi.

-Ozarbayjon futbolini kuchli deyapsiz, lekin siz ushbu chempionatda to‘purar bo‘lgansiz. O‘zbekistonda ham buni takrorlash niyatingiz bormi?

Bilmadim, balki chempionat to‘purari bo‘larman, hali mavsum oldinda.

-O‘tgan mavsum sizni nominal hujumchi sifatida ko‘rgan edik, ammo bu mavsumni asosan hujum ortida o‘tkazmoqdasiz…

Bu murabbiyning qarori, ammo menga hech qanday qiyinchilik tug‘dirayotgani yo‘q, barchasi joyida. Muhimi jamoamizga bu foyda bermoqda.

-Bilamizki, “Nasaf”ga kelguningizga qadar ko‘plab klublarda o‘ynagansiz, ular orasida qay birini eng kuchli deb bilasiz?

Faoliyatimdagi eng kuchli jamoa sifatida Makedoniyaning “Vardar” klubini bilaman. Bu jamoa mamlakat chempionatida ham bayroqdor hisoblanadi, tarkibida juda kuchli futbolchilar jamlangan.

-YAna O‘zbekistonga qaytamiz… Siz bu yerda o‘zingizni qanday his etmoqdasiz?

Bu yerda o‘zimni juda yaxshi his etmoqdaman, yaxshi odamlar, ajoyib jamoa, rahbariyat ham futbolchilar bilan doim yaxshi munosabatda va albatta ajoyib muxlislar… O‘zbekistonda barchasi yaxshi, shaxsan menga bu yer yoqadi.

-Bu yerdagi ob-havo haqida…

Men Arabistonda ham to‘p surganman, 6 oy, bunday iqlim men uchun yangilik emas (kuladi).

-Sizga Yevropaning top beshtalikdagi jamoalardan ham takliflar bo‘lganmi?

Yo‘q, demak hali bunday darajada o‘ynay olmayapman. Yoshligimda agar yaxshiroq agentim bo‘lganida o‘ynab keta olar edim, ammo endi kech.

-Unda Yevropani bir chetga surib turamiz. O‘zbekistondagi faoliyatingiz davomida ko‘plab shaharlarda bo‘ldingiz, aytingchi, qo‘lingizda bo‘lsa qaysi shaharda to‘p surgan bo‘lar edingiz?

Albatta Qarshida! Sababi bu yerdagi barcha narsa menga yoqadi, yaxshi baza, ajoyib shahar va jonkuyar muxlislar bor. Qarshidagi atmosfera men uchun eng zo‘ri deb ayta olaman.

-Muxlislar borasida gapirdingiz, Oliy Ligadagi qaysi jamoaning muxlislari ko‘proq?

Men hozircha Samarqandda, Qo‘qonda, Buxoroda to‘p surdim va stadionlarini to‘lib toshganiga guvoh bo‘ldim. Shuningdek, Namanganda ham stadion muxlislar bilan to‘lishi haqida eshitdim. Stadionlari ham ajoyib, lekin stadion borasida «Bunyodkor» ilg‘or, bu jamoa ajoyib stadionga ega, ammo muxlislar juda kam. Hatto “Nasaf” «Bunyodkor»ga qarshi o‘ynaganda qarshilik muxlislar ko‘chilikni tashkil etishadi…

-Maydonga chiqqaningizda tribunadagi bosim sizga qanday ta’sir qiladi?

Ba’zi futbolchilarga bosim yoqadi, ba’zilari esa bunday vaziyatda dovdiraydi. Shaxsan menga bosimning umuman ahamiyati yo‘q, bor e’tiborimni o‘z o‘yinimga qarataman. Kimdir baqiradi, kimdir haqoratlaydi… Bu futbolning ajralmas bo‘lagi. Siz ularga e’tibor qilsangiz futbolni kim o‘ynaydi?!

-Har yili Serbiyadan O‘zbekistonga o‘nlab legionerlar kelishadi, ammo ularning barchasi ham avvalgi jamoalarida ko‘rsatgan o‘yinlarini ko‘rsata olmaydi. Buni sababini siz qanday izohlaysiz?

To‘g‘risini aytsam, buni sababini bilmayman. Balki iqlim noqulay bo‘lishi mumkin yoki jamoada o‘yinini topa olmayapti. Shaxsan menda bunday muammo bo‘lmadi, chunki, avval Ozarbayjon chempionatida o‘ynaganman. Ularda hamma narsa O‘zbekistondagi bilan deyarli o‘xshash, iqlim, dunyoqarash va yana ba’zi narsalar. Shu sababdan “Nasaf”ga tez moslashib ketdim.

-Avvalroq, jamoadoshingiz Sanjar Quvvatov bilan suhbatlashganimizda u Oliy Ligadagi eng yaxshi futbolchi sifatida sizni ko‘rsatgan edi, xo‘sh sizningcha eng yaxshi futbolchi kim?

Aziz G‘aniyev! Yosh va iste’dodli futbolchi. O‘z ustida ko‘p ishlaydi, maydonda ham o‘zini erkin his etgan holda harakat qiladi qiladi. Shuning uchun men uni Oliy Ligadagi eng zo‘r futbolchi deb bilaman.

-“Nasaf” bu mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda boshladi, Osiyo Chempionlar ligasi o‘tish o‘yinida yirik hisobdagi g‘alaba… Ammo Pley-offda kutilmaganda safarda mag‘lub bo‘ldi. Sizning jamoaga o‘sha o‘yinda nima yetishmagan edi?

Albatta, dastlabki uchrashuvni ajoyib o‘tkazdik, yirik hisobda g‘alaba qozondik. Ammo pley-offda “Al-Hidd”ga nisbatan kuchliroq raqibga to‘qnash keldik. Safarda o‘ynagan bo‘lishimizga qaramay ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatganmiz, vaziyatlar yaratganmiz, biroq, o‘yindagi yagona xato uchrashuv taqdirini hal etgan.

-Siz “Nasaf”ga o‘tgan mavsum yarmida kelib qo‘shildingiz va 13 o‘yinda 12 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etdingiz, ammo bu mavsumda sal kamroq bo‘ldi?

Birinchi kelganimda raqiblar meni bilishmas edi, shu sababdan ko‘proq gol urganman, qolaversa xudbin emasman, kim gol ursa ham “Nasaf” g‘alaba qozonsa bo‘ldi. Shu vajdan o‘zim qulay vaziyatda bo‘lsamda, yanada qulayroq turgan jamoadoshimga to‘pni uzataman, bu esa gol bo‘lish ehtimolini yanada oshiradi.

Muxlis savoli: Nega aynan O‘zbekistonni tanlagansiz, boshqa yaxshiroq takliflar ham bo‘lganmi?

To‘g‘risini aytsam hech qanday taklif bo‘lmagan edi o‘shanda, jamoasiz yurganimda agentim menga O‘zbekistondan taklif borligini aytdi va men buni bajonidil qabul qildim. Chunki bu mamlakat futboli haqida ko‘p narsani bilar edim, masalan Rivaldo va Skolarilarning «Bunyodkor»dagi faoliyati bilan yaxshi tanish edim.

-Serbiya futbolidagi kumiringiz kim?

Serbiya futbolidagi kumirim bu- Panchev! Darko Panchevni eslasangiz kerak, u mamlakat tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan bo‘lgan. Bugungi kundagi men havas qiladigan futbolchi esa Nemanya Matich! Uni yaxshi taniysiz…

-Navbatdagi savolim yana faoliyatingiz haqida bo‘ladi. Milliy terma jamoadan chaqiruv olganmisiz?

Ha shunday desa ham bo‘ladi, faqat 21 yoshgacha bo‘lgan terma jamoada to‘p surganman…

-Butun faoliyatingizda kiritgan eng chiroyli golingizni eslay olasizmi?

Men uchun eng chiroyli golim, bu “Nasaf” tarkibida “Al Hidd”ga qarshi o‘yinda kiritgan gol. Har holda menga shunisi ko‘proq yoqqan.

-Sizning O‘zbekistondagi asosiy so‘zlashuv tilingiz qaysi?

O‘zi ingliz tili menga qulay, lekin bu yerda hamma ham buni tushunmaydi. Shu sababdan rus tilida gapirishga harakat qilaman kim tushunsa tushundi :) Lekin rus tilida deyarli qiynalmayman, ba’zi so‘zlari, umuman o‘zi ham serb tiliga ancha yaqin.

-O‘zbek milliy taomlar haqida nimalar deya olasiz, qaysi taomimiz sizga manzur bo‘lmoqda?

Palov!!! Juda yoqadi shu! Yana somsa, tandir va nomini bilmaydigan ba’zi taomlaringiz ham juda yoqadi.

-Dragan, sizga mazmunli suhbat uchun minnatdorchilik bildiramiz va sizga hamda “Nasaf”ga omad va zafarlar tilab qolamiz

Raxmat, sizga ham omad tilayman!

Manba: sports.uz
Kiritildi: 01:25, 31.05.2017.
O'qildi: 6496 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.