Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Rossiya MMA vise-prezidentini do‘pposlagan aka-uka Xiramagomedovlar sportdan umrbod chetlatildi

Rossiya MMA vise-prezidentini do‘pposlagan aka-uka Xiramagomedovlar sportdan umrbod chetlatildi

Baho:
+ | -

Rossiya MMA ittifoqi aralash qoidalar sportida shug‘ullanib kelayotgan aka-uka sportchilar — Gajimurad va Gamzat Xiramagomedovlarni sportdan umrbod chetlatdi.

Qozog‘iston poytaxti Astana shahri mezbonlik qilgan Fight Nights Global musobaqasi vaqtida jiddiy janjal kelib chiqdi, deb yozdi «Karate.ru» nashri. Hammasi yarim-o‘rta vazn toifasida chempionlik uchun kurashayotgan Gajimurad Xiramagomedov hamda Georgiy Kichigin o‘rtasidagi jangdan so‘ng boshlangan.

Jang tugagach, g‘oliblik alohida qaror evaziga Kichiginga berilgan. Bundan norozi bo‘lgan Gajimurad yordam uchun akasi Gamzatni chaqirgan hamda yuqoridagi qarorga sababchi bo‘lgan Rossiya MMA ittifoqi prezidenti Radmir Gabdullin joylashgan otelga yo‘l olgan. Aka-ukalar vise-prezident xonasiga bostirib kirib, uni do‘pposlashgan. Oqibatda Gabdullin jag‘ining ikki karra sinishi hamda miya chayqalishi bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Rossiya MMA prezidenti og‘ir vazn toifasidagi afsonaviy jangchilardan biri Fyodor Yemelyanenko hisoblanadi.

Aka-ukalar shug‘ullanadigan «Krepost» klubi rahbari Magomed Kadiyevning so‘zlariga ko‘ra, Radmir Gabdullin hamda Xiramagomedovlar o‘rtasida avvaldan ziddiyat bo‘lgan. Vise-prezident bungacha Moskvada o‘tgan turnirda ham xuddi shunday ishga qo‘l urib, g‘alabani raqib sportchiga berib yuborgan. Qozog‘istondagi turnirda u hakamlar qatoridan joy olgandi. Biroq keyinroq o‘zini bu ro‘yxatdan o‘chirib qo‘ygan bo‘lsa-da, jang yakunida g‘alabani Georgiy Kichiginga berish kerakligi haqida aytgan. Bu ma’lumotni Fight Nights Global turniri tashkilotchisi Kamil Gajiyev ham tasdiqlagan.

Jabrlanuvchining ayoli Darya Ivanova turmush o‘rtog‘i jiddiy jarohatlangani va uni davolatgani Moskvaga yo‘l olgani, samolyotda esa ahvoli yanada og‘irlashganini qayd etgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:56, 31.05.2017.
O'qildi: 4330 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.