Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Fyodorov: «Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandman»

Fyodorov: «Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogidan o‘rin olgan “Navbahor” - “Neftchi” (2:1) o‘yinidan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘yin yaxshi taassurot qoldirdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandmiz. “Navbahor”ga qarshi har qanday qarama-qarshiliklar doimo murosasiz ruhda kechadi. Bugun ham kubokka xos bahs bo‘ldi. Uchrashuvlarni qiyin kechishi sababli, bunday bahslarda gollar soni u qadar ko‘p bo‘lmaydi. Uydami yoki safardami oson o‘yinning o‘zi bo‘lmaydi. Bugungi uchrashuv muxlislarga yoqqan bo‘lishi mumkin. Negaki, so‘nggi soniyalargacha keskinlik saqlanib turdi. Navbatdagi bosqichga chiqqanimizdan xursand ekanligimni yana bir bor ta’kidlash bilan bir qatorda jamoamizni tabriklayman. Maqsadimiz, keyingi bosqichga chiqish edi. Tabloda qayd etilgan natija “Neftchi”ni keyingi bosqichga chiqishini ta’minladi.

Legionerlarimizning biri anchadan beri jarohat sababli maydonga tusha olmayapti. Yana bir xorijlik futbolchimiz Komarovskiyga esa dam berishni lozim topdik. U barcha uchrashuvlarda ishtirok etib kelayotganligi sababli charchoq alomatlari ko‘zga tashlangandi. Shu sababli bugun ularning xizmatlaridan foydalanmaslikni lozim topdik.

Uchrashuv arafasida klub rahbariyatida yuz bergan o‘zgarishlarga e’tibor qaratmaslik haqida yigitlarga aytib o‘tgandik. Vazifalariga professional tarzda yondoshib, maydonga chiqib o‘z ishlarini qilishlarini ta’kidlab o‘tdik. Ular professional ekanliklarini amalda ko‘rsatib, oldilariga qo‘yilgan vazifani bajarishdi» - dedi Fyodorov.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:55, 31.05.2017.
O'qildi: 3041 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик