Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Soliyev: «Keyingi bosqichga chiqish uchun «Navbahor»ga gol yetishmadi»

Soliyev: «Keyingi bosqichga chiqish uchun «Navbahor»ga gol yetishmadi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogidan o‘rin olgan “Navbahor” - “Neftchi” (2:1) o‘yinidan so‘ng, mezbonlar sport direktori Anvar Soliyev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Jamoamiz oltita o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga barham berdi. Garchi bugungi uchrashuvda g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsakda, natija bizni qoniqtirmadi. Yutuqsiz seriyani barham berganimiz xursand qilgan bo‘lsada, muxlislarimiz qarshisida kerakli hisobni qayd etib keyingi bosqichga chiqish vazifasini uddalay olmadik. Buning uchun muxlislarimizdan uzr so‘raymiz. Xato va kamchiliklardan tegishli xulosa chiqargan holda birinchi davraning qolgan uchta uchrashuviga munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rib, ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. O‘rtada yuzaga keladigan kichik tanaffusda o‘yinlarimizni tahlil qilib, birinchi davrani munosib tarzda yakunlash borasida bosh qotiramiz.

Jamoamizni keyingi bosqichga chiqishiga gol yetishmadi. Omadimiz chopmadi deyish bilan ish bitmaydi. Futbolchilarimizda gol urish uchun bir qator imkoniyatlar bo‘lsada, bulardan foydalana olmadik. A’zam Aliyev, Oybek Qilichev va Dilshod Jabborovlarda yaxshigina vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsada maqsadga erisha olmadik. Hujumchilarimiz biroz oqsashmoqda. Shu sababli, vazifani bajara olmadik.

“Neftchi” jamoasini himoyaga jiddiy tarzda e’tibor qaratib, qarshi hujumlardan samarali foydalanishga intilishlarini bilardik. Shundan kelib chiqqan holda bahsga hozirlik ko‘rgandik. Ammo, yuqorida aytib o‘tganimdek vaziyatlardan foydalana olmaslik bizga pand berdi. Bugun raqibga qaysidir ma’noda omad ham kulib boqdi deb o‘ylayman. Farg‘onaliklarga keyingi o‘yinlarda omad tilayman» - dedi Soliyev.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:09, 31.05.2017.
O'qildi: 3580 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.