Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Andres Inyesta qaysi mevaning jinnisi ekanligini bilasizmi?

Andres Inyesta qaysi mevaning jinnisi ekanligini bilasizmi?

Baho:
+1 | -

Bundan ancha yil yil oldin futbolning bo‘lajak yulduzi sifatida e’tirof etilayotgan futbolchi Kataloniyaning “Barselona”si bilan shartnoma imzoladi. O‘shanda bu bolakayning faqat shu klubda o‘ynashini hech kim tasavvur ham qilmagan bo‘lsa kerak. Ammo buni qarangki, bolakay 1996 yildan to hozirgacha “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hozirda mazkur futbolchi sadoqati va ajoyib o‘yini uchun munosib tarzda mukofotlangan — ayni damda hech kim “Barselona” va dunyo futbolini Andres Inyestasiz tasavvur qila olmaydi. Futbolchi uchun bundan ortiq mukofot bo‘lmasa kerak. Bugungi sahifamiz ana shu futbolchi haqida.

Andres Inyesta haqiqiy “barsaparvar” futbolchi hisoblanadi. U Madridning “Real” klubini o‘ziga ashaddiy raqib sifatida biladi. Eng qizig‘i, yoshligida Inyestani aynan “qirollik klubi” ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istagan ekan. Ammo futbolchining o‘zi ham, ota-onasi ham “Barselona” variantini tanlagach, Madrid eshiklari tamomila yopilgan.

Futbolchining ota-onasi Fuentealbilyada ofisiant bo‘lib ishlagan. Inyesta og‘ir sharoitda katta bo‘lgan. Buni quyidagi faktdan ham bilish mumkin: futbolchining ota-onasi o‘g‘illari “Barselona” bilan professional shartnoma imzolagach, uyga ega bo‘lishgan, aniqrog‘i, Inyesta ota-onasiga uy sotib olib bergan.

3. 2001 yilda 17 yoshli Andres “Barselona”ning asosiy jamoasi bilan mashg‘ulot olib bora boshlaydi. Bunda unga shu paytda klub boshqaruvini qo‘liga olgan Serra Ferrer yordam beradi, aynan u Inyestaga barcha sharoitlarni yaratadi.

4. Andres Inyesta shu paytgacha uch marta “Oltin to‘p”ga asosiy nomzod bo‘lgan futbolchilar uchligi safidan joy olgan. Ammo biror marta ham mukofotni qo‘lga kiritmagan. Bu holatni Xosep Gvardiola quyidagicha izohlaydi: «Andres zirak taqmaydi, soch turmagi chiroyli emas, janjalli voqealarga aralashib yurmaydi. Jurnalistlar uchun esa bunday futbolchi qiziqarli emas, ammo shaxsan men Inyestani eng kuchli futbolchi deb tan olaman»!

5. Jurnalistlarning Andres Inyestaga eng ko‘p beradigan savoli “Oltin to‘p” haqida bo‘lgan. Yaqin-yaqingacha, toki uning nomzodi asosiy ro‘yxat (uch nafar futbolchi qoladigan ro‘yxat)dan tushib qolmagunga qadar “Siz nega mukofotga munosib ko‘rilmadingiz?” qabilidagi savollar Andresni xunob qilgan. Axiyri futbolchi bunday savollarga quyidagicha javob qaytara boshlagan: “Oltin to‘p”, kechirasiz, men bunaqa sovrinni bilmayman”.

6. “Barselona”ga bag‘ishlagan 20 yili haqida gapirar ekan, Inyesta bundan aslo afsuslanmasligini ta’kidlaydi. “To‘g‘ri, men boshqa futbolchilarga o‘xshab bir qator kuchli klublar safida to‘p surmadim. Ammo shuni aniq bilamanki, 20 yil davomida 20 ta klubda o‘ynasam ham, bu klublarning bari bir bo‘lgan taqdirda ham “Barselona”ning o‘rnini bosa olmaydi”. “Nega boshqa jamoaga o‘tmadingiz?” qabilidagi savollarga esa doim quyidagicha javob qaytaradi: “Chunki men “Barselona”dan kuchliroq klubga o‘tmoqchi edim, ammo bunday jamoadan taklif tushmadi”. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, o‘z vaqtida Andresni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istagan klublar ro‘yxatida “Real”, “Yuventus”, “Roma”, “Bavariya” va “Manchester Yunayted” kabi klublarning nomlari ham bor.

7. Inyesta hayotidagi eng og‘ir lahzalardan biri sifatida 2014 yilning 7 martini yodga oladi. O‘shanda Inyestaning rafiqasi baxtsiz hodisa tufayli homilasidan ayriladi. Bu xabarni eshitganida Inyesta “Barselona” safida “Valyadolid”ga qarshi to‘p surayotgandi. 2015 yilning 31 mayida o‘g‘il farzand ko‘rishi esa Inyestaning bu og‘ir judolikni tezroq unutishiga yordam berdi.

Andres Inyesta uzum desa o‘zini tomdan tashlaydiganlar xilidan. Ayniqsa, uzumdan tayyorlangan turli xil ichimliklar uning jonu dili. Hatto “Barselona”da o‘z hovlisida uzum ham yetishtiradi. U bu borda jamoadoshlari orasida yagona hisoblanadi.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 22:27, 01.06.2017.
O'qildi: 8143 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.