Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Messi faoliyatida eng sevimli golni tilga oldi

Messi faoliyatida eng sevimli golni tilga oldi

Baho:
+4 | -

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi o‘z faoliyatidagi eng sevimli gollardan birini aytib o‘tdi. U 2009 yilda Chevmpionlar ligasi finali doirasida «Manchester Yunayted» (2:0) darvozasiga urgan golini eng yaxshi gollardan biri sifatida ta’kidladi.

«Yonimda Rio Ferdinand turganida bosh bilan gol urishimni tasavvur qilish qiyin edi. Meni hech kim jiddiy qo‘riqlamayotgan edi. To‘p men turgan joyga keldi va bosh bilan zarba berdim. Xavi uzatma berib, to‘p men tomon kelayotgan soniyalarda bosh bilan qanday zarba berish haqida o‘yladim. Xudoga shukr, barchasi o‘ylaganimdek bo‘lib chiqdi. Bu har tomonlama muhim gol edi. Final qanday bo‘lganini inobatga olsak, jamoa uchun ham, shuningdek, o‘zim uchun har tomonlama muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu o‘shandan beri mening eng sevimli gollarimdan biri. 2006 yildagi finalni jarohat tufayli o‘tkazib yuborganimdan keyin 2009 yildagichida o‘ynashim, boz ustiga, gol urishim muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu mavsumning eng so‘nggi o‘yini edi. O‘sha yili biz barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgandik», — deya Messining so‘zlaridan iqtibos keltirdi Fox Sports Asia.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:17, 02.06.2017.
O'qildi: 15417 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.