Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

«Barselona» Valverde bilan qanday ko‘rinish hosil qiladi?

«Barselona» Valverde bilan qanday ko‘rinish hosil qiladi?

Baho:
+ | -

«Atletik»ning sobiq ustozi Ernesto Valverde 4-2-3-1 o‘yin sxemasining shaydosi hisoblanadi. «Barselona»ning yangi bosh murabbiyi ushbu o‘yin sxemasini qo‘llaydigan bo‘lsa, kataloniyaliklarning asosiy tarkibi qay ko‘rinishda bo‘ladi? Goal nashri ushbu o‘yin sxemasidagi «Barselona»ni tahlil qilib ko‘rdi.

Kelasi ikki mavsum davomida (agarda yaxshi ko‘rsatkichga erisha olsa, qo‘shimcha yana bir yilga uzaytiriladi) «Barselona»ni boshqaradigan Valverde oldidagi bosh muammo bu «ko‘k-anorranglilar»ning o‘yin uslubi. Undan oldingi hamkasblaridan qolgan 4-3-3 o‘yin sxemasini saqlab qolish yoki «Barsa» uchun yangi o‘yin uslubi o‘ylab topish.

Viandar de la Veralik murabbiy «Atletik»dagi faoliyati davomida ko‘proq 4-2-3-1 o‘yin sxemasida ish olib borgan va buni «Barselona»da ham qo‘llab ko‘rsa ajab emas. Albatta, bu uslubda futbolchilarning pozisiyalari raqibning darajasiga qarab o‘zgarib turadi.

Valverdening ushbu o‘yin uslubida kataloniyaliklarning asosiy tarkibi quyidagicha ko‘rinish olishi mumkin:

Inesta va Messi maydondagi o‘rinlarini almashtirishi mumkin. Bunday o‘rinda, argentinalik yulduz o‘yinda yetakchilikni o‘z qo‘liga olishi, ispaniyalik «afsungar» esa raqibga bosimni kuchaytirishi kerak bo‘ladi.

Muhim o‘zgarish jamoaning so‘nggi mavsumdagi og‘riqli nuqtalaridan biri bo‘lgan o‘ng qanot himoyasida ro‘y berishi mumkin. Aleysh Vidal mavsum startiga tayyor holatda yetib kelmasa, uning o‘rnini «Barselona B»dan yosh iste’dodli himoyachi Palensiyani asosiy tarkibda ko‘rishimiz mumkin. «Atletik» bilan o‘tkazgan birinchi mavsumidayoq Valverde jamoaning qanot himoyasini yosh Andoni Iraolaga ishonib topshirgan edi. Yakunda Iraola jamoasining muhim futbolchisiga aylangan edi. Ajab emas, Valverde «Barsa» yoshlariga ham imkoniyat bersa.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 12:51, 02.06.2017.
O'qildi: 10963 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик