Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 17:00 Lokomotiv 0-1 Navbahor
20/09 17:30 Tailand 1-9 Braziliya
20/09 17:30 Kuba 0-7 Xorvatiya
20/09 19:15 So‘g‘diyona 1-1 Andijon
20/09 20:00 Kosta-Rika 5-3 O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya 5-2 Paragvay
20/09 21:30 Kalyari 0-2 Empoli
20/09 23:45 Verona 2-3 Torino
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko

«Yuventus» va «Real»da o‘ynagan futbolchilar

«Yuventus» va «Real»da o‘ynagan futbolchilar

Baho:
+ | -

Yevropa futbolining eng nufuzli sovrini Chempionlar Ligasi finaliga ham sanoqli kunlar qoldi. Xabaringiz bor, 2016/17 yilgi mavsum Chempionlar Ligasida Turinning “Yuventus”i va Madridning “Real”i kuch sinashadi. France Football nashri ikki klub safida o‘ynagan 10 futbolchini eslab o‘tdi.

Ro‘yxat quyidagicha:

Zayniddin Zidan

Dastlab, Fransiyaning “Kann” va “Bordo” klublarida o‘z mahoratini toblagan Zidan 1996 yilda Yevropani zabt etishga otlandi. Unga tarkibida termadagi jamoadoshi ham Dide Desham o‘ynaydigan “Yuventus” ma’qul keldi. Turinliklar safida besh mavsum o‘tkazgan Zidan 212 o‘yinda maydonga tushdi, 1998 yilda jahon chempioni bo‘ldi. Keyinchalik esa “Real”ning yangi Galaktikosi safida Luish Figu, Devid Bekxem, Ronaldular bilan bir safda “Real” sha’nini himoya qildi.

Gonsalo Iguain

2006 yilda endigina 18 yoshni qarshilagan Iguain «Real» safiga “River Pleyt”dan kelib qo‘shildi. Qisqa muddat davomida asosiy hujumchi bo‘lgan Iguain Benzemaning kelishi ortidan o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi. 2013 yilda Italiya chempionatiga ravona bo‘lgan argentinalik hujumchi dastlab “Napoli” sharafini himoya qildi. O‘tgan mavsum boshida esa katta mablag‘lar evaziga “Yuventus” Iguainni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Hozircha “Kyeksa sinyora” tarkibida Iguainning ishlari ko‘ngildagidek ketmoqda.

Alvaro Morata

«Real» tarbiyalanuvchisi Morata asosiy jamoada o‘z o‘rnini topishi juda qiyin kechdi. 2010-2014 yillar oralig‘ida Morata «Real» safida bor-yo‘g‘i 52 uchrashuvda ishtirok etdi. Keyinchalik “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan Morata juda yorqin o‘yinlarini namoyish etdi va “Real” rahbariyati darhol o‘z tarbiyalanuvchisini ortga qaytardi. Bu mavsumda Alvaro La Liganing 26 uchrashuvida ishtirok etdi va o‘z hisobiga 15 golni yozdirib qo‘ydi.

Sami Xedira

«Shtutgart»ning sobiq a’zosi 2010 yilgi Jahon chempionatidagi o‘zining ishonchli o‘yinlari bilan Yevropaning grand jamoalari nazariga tushgan Xedira yakunda «Qirollik klubi»ni tanladi. Madrid jamoasida besh mavsumni o‘tkazgan germaniyalik futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘yishi ortidan «Yuventus»ga ravona bo‘ldi. Ushbu mavsumda Miralem Pyanich bilan maydon markazida ajoyib juftlikni hosil qilgan Xedira «Real»ga qarshi finalda o‘z mahoratini takror namoyish qilsa, ajab emas.

Fabio Kannavaro

2006 yilda Italiya safida jahon chempioni bo‘lgan Kannavaro «Real» safiga kelib qo‘shildi. Ispaniyada to‘liq uch mavsumni o‘tkazgan himoyachi bir qator sovrinlarga, jumladan «Oltin to‘p» sovriniga ega chiqdi. Himoyachi o‘z faoliyatini Dubayning «Al-Ahli» jamoasida yakunladi.

Emerson

Fabio Kapello qo‘l ostida “Roma”da o‘ynagan Emerson murabbiyi bilan “Yuventus”ga ko‘chib o‘tdi. “Yuventus”da ham ikki mavsum birga faoliyat yuritgan braziliyalik himoyachi 2006 yilda “Real”ga ko‘chib o‘tishdi. Biroq, yangi jamoasida Emersonning ishlari u qadar yaxshi kechmadi va Italiyaga, bu safar “Milan”ga borib qo‘shildi.

Luis Del Sol

«Betis» safida 6 mavsumni o‘tkazgan Luis del Sol «Real» a’zosiga aylandi. «Real» bilan bir qator sovrinlarni o‘ziniki qilib olgan Del Sol 1962 yilda “Yuventus”ga kelib qo‘shildi. Del Sol «Yuventus»da o‘ynagan ilk ispaniyalik futbolchiga aylandi va bu jamoa uchun 8 mavsum o‘tkazdi.

Mikael Laudrup

1982 yilgi mavsumda Daniyaning «Brondbi» safida 38 uchrashuvda 24 gol urgan 19 yoshli Laudrupni «Yuventus» «ilib ketdi». Biroq, Laudrup Italiya A Seriyasida surunkali jarohatlari bois kutilgan o‘yinni namoyish eta olmadi va «Barselona»ga kelib qo‘shildi. Kataloniyaliklar safida «qayta ochilgan» daniyalik futbolchi ajoyib davrni boshidan kechirdi. Biroq, kutilmaganda Laudrup keyingi faoliyatini «Real»da davom ettirdi. Ilk mavsumidayoq, «Real» bilan Ispaniya chempionligini nishonladi.

Robert Yarni

«Torino» safida ikki ajoyib mavsumni o‘tkazgan Yarni klubning azaliy raqibi «Yuventus»ga o‘tib ketdi. «Keksa sinyora» bilan Yarnining sarguzashtlari uzoqqa cho‘zilmadi. Turinliklar safida atigi bir mavsum o‘tkazgan xorvatiyalik himoyachi jamoani tark etdi. 1998/99 yilgi mavsumda esa Yarni «Real» safida ham o‘ynashga ulgurdi.

Nikolya Anelka

Robert Yarni kabi Anelkaning ham «Real» va «Yuventus»dagi faoliyati qisqa kechdi. Madridliklar safida bir mavsum o‘ynagan Fransiyalik hujumchi, turinliklar safida atigi 6 oy o‘ynadi. Futbolchilik faoliyati davomida bir qancha klublarda o‘ynab chiqqan Anelka «Yuventus» safida A Seriya chempionligini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 13:00, 02.06.2017.
O'qildi: 9729 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.