Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kukurelya «Barselona», «Atletiko» va «Manchester Siti» o‘rtasida tanlov qildi

Kukurelya «Barselona», «Atletiko» va «Manchester Siti» o‘rtasida tanlov qildi

Baho:
+ | -

«Chelsi» chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Avvalroq xabar qilinganidek, ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Barselona», Madridning «Atletiko»si va «Manchester Siti» qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Xerard Romeroning ma’lumotlariga ko‘ra, agar kataloniyaliklar aniq taklif bilan chiqishsa, 27 yoshli futbolchi aynan «Barselona»ni afzal ko‘radi. Himoyachining narxi 40-50 million yevro atrofida baholanmoqda. Kataloniya grandi vaziyatni o‘rganmoqda, biroq hozircha o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarish bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlashni rejalashtirmayapti.

Yakunlangan mavsumda Kukurelya «Chelsi» safida jami 50 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va to‘rtta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:10, 03.06.2026.
O'qildi: 476 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик