Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

YECHL. Final. Bugun «Yuventus» - «Real Madrid»!

YECHL. Final. Bugun «Yuventus» - «Real Madrid»!

Baho:
+ | -

Bugun Yevropada mavsumni yakunlab beruvchi eng so‘nggi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Lekin qanday o‘yin bu?! Ko‘hna qit’aning eng nufuzli musobaqasi g‘olibini aniqlab beradigan o‘yinga bahsin qanday jamoalar yetib kelishdi?!

"Real" Yevropa chempionlar ligasini anchayin "o‘ziniki" qilib oldi. Madridliklar, nihoyat, YECHLni ketma-ket 2 marta yutib chiqqan dastlabki klubga aylanishi mumkin. Buning uchun Zidan shogirdlarida barcha imkoniyat bor. Mavsum so‘nggiga kelib "Qirollik klubi" yaxshi formaga kirdi, futbolchilarning barchasi ajoyib formada. Faqat YECHL finali oldidan yuzaga kelgan 2 haftalik oraliq jamoani o‘yin ritmidan biroz uzoqlashtirib qo‘ymagan bo‘lsa bo‘lgan. Nazarimizda, unday emas, aksincha, Zidan jamoani o‘ta muhim uchrashuvga maqsadli tayyorlay olgan.

"Yuventus" ham ushbu mavsumda yo‘lida uchragan raqiblarni ayab o‘tirmadi. Turinliklarda Yevropaning kamdan-kam jamoalariga nasib etgan "trebl" qilish imkoniyati bor. "Kaksa sinyora" Italiya tomonlarda ham chempionlik, ham kubokni qo‘lga kiritib bo‘ldi. Endi navbat — Yevropa chempionlar ligasiga. Metin himoya va ishonchli darvozabon har qanday jamoaning asabini egovlashi aniq. "Yuventus"da jamoaviy o‘yin yaxshi shakllangan, klub ham yaxshi o‘yin tonusida. Yana bir marta harakat qilinsa, nihoyat, Buffon boshchiligidagi yigitlar qitaning bosh sovriniga ega chiqishadi.

Xullas, bizni juda qiziqarli o‘yin kutib turibdi. Kim g‘olib chiqsa, bunga haqli ravishda erishadi. Bir-biriga mos jamoalar.

Demak, bugun Uels poytaxti — Kardiff shahri. "Millenium" stadioni. Toshkent vaqti bilan 23:45. Uchrashuvni birgalikda tomosha qilamiz. Saytdan uzoqlashmang, matnli onlayn translyasiyani bizda kuzatib boring. Hammasi ajoyib bo‘ladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:36, 03.06.2017.
O'qildi: 6338 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.