Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Zidan: «Biz har doim favorit hisoblanganmiz»

Zidan: «Biz har doim favorit hisoblanganmiz»

Baho:
+1 | -

Bugun — 3 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibini aniqlab berish uchun Madridning «Real» hamda Turinning «Yuventus» klublari maydonga chiqib keladi.

Uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Zayniddin Zidan ishtirok etdi.

«Biz bu mavsum katta hajmda ish bajardik: La Ligada g‘olib chiqdik, Chempionlar ligasida finalgacha keldik. Biz bosim nima ekanini yaxshi bilamiz. Chunki har doim favorit hisoblanganmiz. Vaholanki finalda favorit bo‘lmaydi. Bitta o‘yindan iborat finalda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Biz ko‘plab bellashuvlarni boy berdik. Demak, mag‘lubiyat nima ekanini yaxshi bilamiz. Bu «Yuventus»ga ham tegishli. Bugun bizga qarshi ajoyib jamoa to‘p tepsa-da, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga urinamiz.

Milanda o‘tgan finaldan keyin biz endi Kardiffdagi «jang» uchun tayyormiz. Futbol uchun maydonga chiqdingmi, boringni berishing shart!

Men Turinda, «Yuventus»da o‘ynaganman va katenachcho nimaligidan yaxshi xabardorman.

Albatta, yarim himoya eng muhim jihat. Ammo eng qiyini — to‘p o‘tkazmaslik. 80-90 daqiqa yaxshi o‘ynab turasan-u, o‘yin oxirida raqibing gol urib ketsa, barchasi yakunlanadi. Aynan shu narsa hujumchilardan talab etiladi. O‘zim futbol o‘ynaganim uchun ham yaxshi bilaman — bu juda qiyin narsa. Ko‘p bo‘lmasa-da, menga bir necha bor muhim gollarni urish nasib qilgan» - dedi Zidan.

Zidanning «Real» tepasiga kelishi muvaffaqiyatli bo‘ldi. U birinchi mavsumidayoq Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi hamda birinchi to‘laqonli mavsumida La liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Endi esa Chempionlar ligasida ketma-ket ikki bor zafar quchgan ilk murabbiy bo‘lishga va mana shunday birinchi jamoani shakllantirgan shaxs sifatida tarixda qolishga yaqin turibdi.

«Hozirgi holatim? Bolaligimda kimdir menga vaqti kelib shunday holatlarni boshdan kechirishim haqida aytsa, ishonmagan bo‘lardim. Ammo hozir yaxshi davrni boshdan o‘tkazayapman va bundan zavq olmoqdaman. Biz bilan bo‘layotgan har bir voqea menga manzur bo‘lmoqda. Men oddiy bir murabbiyman, jamoaning har bir a’zosi singari…» - dedi Zidan.

Zidan murabbiyligi vaqtida Krishtianu Ronaldu shaxsiy rekordlarini yangilash yoki iloji boricha ko‘proq gol urish bilan emas, balki jamoasi uchun o‘ynashga kirishib ketdi. Natija yomon emas, portugaliyalik hujumchi yil davomidagi rotasiyalar sabab mavsum yakuniga yuqori formada yetib keldi. Yarim finalda «Atletiko» darvozasiga uchta gol urgani, «Bavariya» postini ikki bellashuvda jami besh marta nishonga olgani ham uning qanday formada ekanini ko‘rsatadi.

«Krishtianu yaxshi inson, u boshqalar uchun ham qayg‘uradi, g‘alabalardan charchamaydi, g‘alaba unga doim kamlik qiladi. Hatto mashg‘ulotlarda ham g‘olib chiqishni istaydi. Chunki tabiatan yetakchi, ayniqsa maydonda. Bu unga qon bilan kirgan.

Agar biz birga to‘p tepganimizda ham, Krishtianu yulduzligicha qolardi. Chunki ko‘p gol uradi. Bu esa muhim» - dedi Zidan.

 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:41, 03.06.2017.
O'qildi: 5478 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.