Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

«Yuventus» – «Real»: nega asosiy tarkibda Isko tushishi kerak?

«Yuventus» – «Real»: nega asosiy tarkibda Isko tushishi kerak?

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi final bahsida “Real” asosiy tarkibida Isko tushishi kerakligini ko‘plab muxlislar istayotgani aniq. Goal nashri Beyl emas, nega aynan Isko tushishi zarurligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Garet Beyl o‘z ona yurtida bo‘lib o‘tadigan final bahsida ishtirok etish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Agarda final bahsida hal qiluvchi golni ursa Gollivud ssenaristlari uchun ajoyib g‘oya bo‘lar edi. Biroq asosiy tarkibda tushishi uchun o‘zining haqligini isbotlay olgan qahramon bor. Mavsum davomida ko‘p vaqtini zaxirada o‘tkazgan Isko so‘nggi paytlarda asosiy tarkib uchun munosib nomzod ekanligini isbotlab bo‘ldi. Andalusiyalik yarim himoyachi o‘zining mahorati bilan nafaqat klub muxlislarini, hatto Zidanni ham lol qoldirdi.

Isko va Beyl birgalikda ushbu mavsumning 16 o‘yinida ishtirok etdi. Ammo final bahsida ikkovidan biri maydondan tashqarida qolishi kerak. Jarohatlardan endigina qutulgan Beyl yuqori sport formasini tiklab ololganicha yo‘q. Isko esa hozirda mukammal o‘yinini namoyish etmoqda. BBC uchligining “oltin” davrida, bu masala umuman tortishilmas edi. Ronaldu ham u paytda to‘psiz o‘ynay olishi, raqib himoyachilariga kuchli bosim o‘tkaza olar edi.

Hozirda esa Zidan hujumkorlikni ta’minlashni aynan Iskoga yuklab qo‘ygan. Bu esa hujumdagi sheriklariga qulay sharoit yaratib beradi. Boisi, Ronaldu ortiq 20 yoshda emas, boz ustiga portugaliyalik yulduz to‘pni yetkazib berishdan ko‘ra uni qabul qilishni ma’qul ko‘radigan versiyasiga aylangan. Benzema hamon “Benzema”. Raqib himoyachilarini o‘ziga jalb qilgan holda, jamoadoshlariga ochiq maydon yaratib berishga intiladigan Benzema. Bunday o‘yin sxemasida Iskoning yarim himoyadagi sheriklarining yordamiga tayangan holda, hujumdagi muvozanatni ta’minlab bermoqda. “Hujum – himoya” qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tishi kutilayotgan final bahsida “Real”ga aynan Isko judayam zarur.  

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 22:10, 03.06.2017.
O'qildi: 7262 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик