Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

YECHL. «Real» ketma-ket ikkita chempionlikni uddaladi!

YECHL. «Real» ketma-ket ikkita chempionlikni uddaladi!

Baho:
+4 | -

Yevropa chempionlar ligasining navbatdagi g‘olibi aniqlandi. "Real" klubi finalda "Yuventus" ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Biroz kutilmaganda, Allegri shogirdlari o‘yinni katta tashabbus bilan boshlashdi. Dastlabki 10 daqiqa ichida ular "Real" darvozasi tomon bosim uyushtirishdi. Iguain tomonidan bosh bilan va uzoq masofadan oyoq berilgan zarbalarni Navas qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Madridliklar asta-sekin to‘pni nazorat qila boshladilar, ammo ular hisob ochuvchi golni qarshi hujum orqali kiritishdi. Kroos chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘p Benzema orqali Ronalduga yetkazildi. Krishtianu to‘pni o‘ng qanotdan yordamga kelgan Karvaxalga berdi va o‘zi jarima maydonchasiga kirdi. Daniel to‘pni Ronalduning o‘ziga yetkazdi. Portugaliyalik futbolchi 13-14 metrlardan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi. To‘p yo‘l-yo‘lakay Bonuchchining oyog‘iga tekkani Buffonning ishini og‘irlashtirdi.

"Keksa sinyora" hisobni ancha tez va juda chiroyli tarzda tenglashtirdi. Aleks Sandro chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazgan to‘pni Iguain qabul qildi va Manjukichga uzatdi. Mario to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirib, akrobatik uslubda zarba berdi. To‘p Keylorning ustida oshib o‘tib, to‘rga borib tushdi.

Tomonlar bittadan gol almashganlaridan keyin ehtiyotkorlikni oshirishdi. Goh u, goh bu jamoa to‘pni nazorat qildi, ammo tanaffusga qadar muxlislar boshqa gol ko‘rishmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa o‘yin boshidagi "Yuve"dan asar ham qolmadi. "Madrid" o‘yinni to‘la o‘z nazoratiga oldi. Natijada "Real" g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi. Uchrashuvning 61-daqiqasida Kazemiro kutilmaganda olis masofadan zarba berdi. To‘p Xediraning oyog‘iga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvoza burchagiga borib tushdi.

"Zebralar" hali o‘zlariga kelib ulgurmasidan Ronaldu raqibga yana bir "tarsaki" tushirdi. Karvaxal o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Modrichga uzatma berdi hamda Luka to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Ronaldu qayerdandir paydo bo‘ldi va yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.

Ushbu gol "Yuventus"ni butunlay sindirib bo‘ldi. O‘yin so‘ngida hakamlar Kuadradoni nohaq maydondan chetlatishgani ham hech narsani hal qilmadi, desak bo‘ladi. Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida "Qirollik klubi" hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va ajoyib uzatma berdi. Asnesio yaqin masofadan darvozani zabt etdi.

Shu tariqa, "Real" Yevropa chempionlar ligasi tarixida ketma-ket ikki marta g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ilk jamoaga, Zidan esa shunday sharafli unvonga ega bo‘lgan dastlabki mutaxassisga ega bo‘ldi.

Yevropa chempionlar ligasi, final
"YUVENTUS" - "REAL MADRID" 1:4 (1:1)
3 iyun, 23.45, «National Stadium»
Gollar: 0:1 – 20 Ronaldu, 1:1 – 27 Mandjukich, 1:2 – 61 Kazemiro, 1:3 – 64 Ronaldu, 1:4 – 90 Asensio.
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Kyellini, Aleks Sandro, Bardzali (Kuadrado, 66), Pyanich (Markizio, 70), Xedira, Dani Alves, Mandjukich, Iguain, Dibala (Lemina, 78).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos (Morata, 89), Kazemiro, Isko (Asensio, 82), Modrich, Ronaldu, Benzema (Beyl, 77).
Ogohlantirishlar: Dibala (12), Ramos (31), Karvaxal (42), Kroos (53), Pyanich (66), Aleks Sandro (70), Kuadrado (72).
Chetlatish: Kuadrado (84).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:43, 04.06.2017.
O'qildi: 17131 marta.
Fikrlar: 76 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.