Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

«Xorazm» 15 daqiqa ichida uchta gol farqini boy berdi

«Xorazm» 15 daqiqa ichida uchta gol farqini boy berdi

Baho:
+ | -

4 iyun kuni Birinchi liga jamoalari 13-tur o‘yinlarini o‘tkazishdi.

«Xorazm» o‘z maydonida «Yangiyer»ni qabul qildi. O‘yin mezbonlar uchun yaxshi boshlandi. 9-daqiqada Timur Bekchanov hisobni ochdi. Shundan so‘ng tashabbus mezbonlar tomonga o‘tdi. Bo‘lim o‘rtasiga kelib, xorazmliklar 2 daqiqa ichida 2ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. 23-daqiqada Timur Ismoilov burchak zarbasidan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Bir daqiqa o‘tgach, Sardor Matmuratov himoyachidan qochib ketgan holda, darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, yaqin masofadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Hisobning 3:0 ko‘rinishiga kelishi mezbonlarni xotirjam qildi chog‘i, keyingi daqiqalarda ular o‘yin tizginini qo‘ldan chiqarib yuborishdi. 33-daqiqada Davlatov hisobdagi farqni qisqartirdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa, himoyachilarning ketma-ket qo‘pol xatolari tufayli «Xorazm» o‘z darvozasidan ikkita to‘p olib chiqdi – 3:3.

Ikkinchi bo‘limda mezbonlar bu zarbadan o‘ziga kelolmadi. «Yangiyer» esa bir necha xavfli hujumlarni uyushtirib, g‘alabani qo‘lga kiritishi ham mumkin edi. So‘nggi daqiqalarda Davlatovning zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi.

Birinchi liga, 13-tur
4 iyun, Urganch. «Olimpiya zaxiralari sport kolleji» stadioni. 735 tomoshabin
«Xorazm» (Urganch) – «Yangiyer» (YAngiyer) – 3:3 (3:3)
Gollar: T. Bekchanov (9), T. Ismoilov (23), S. Matmuratov (24) – N. Davlatov (33). A. Tursunqulov (45+2), U. Bobanazarov (45+3).
Hakamlar: F. Norsafarov (Qarshi) – 8,2, A. Burov (Buxoro) – 8,4, SH. Rahmatov (Buxoro) – 8,2, I. Abdusharipov - 8
Inspektor: I. Sharipov (Buxoro)
Ogohlantirish: A. Hakimov (71, Yangiyer).

Manba: Хоразм ФК мухлислари
Kiritildi: 23:07, 04.06.2017.
O'qildi: 4051 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик