Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

“Paxtakor”ning yangi bosh murabbiyi Shota Arveladze haqida

“Paxtakor”ning yangi bosh murabbiyi Shota Arveladze haqida

Baho:
+1 | -

Shota Arveladze 1973 yilning 22 fevralida Gruziyaning Tbilisi shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati ancha omadli kechgan. U Gruziya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Futbolchilik faoliyati:
1990-1991 yillar — “Martve”, Tbilisi
1991-1995 yillar — “Dinamo”, Tbilisi
1993-1994 yillar — “Trabzonspor”
1995-1997 yillar — “Trabzonspor”
1997-2001 yillar — “Ayaks”
2001-2005 yillar — “Reynjers”
2005-2007 yillar — “Az-Alkmar”
2007-2008 yillar — “Levante”

Arveladze futbolchilik faoliyati davomida o‘zi o‘ynagan klublar safida hammasi bo‘lib rasmiy o‘yinlarda 450 marta maydonga tushgan va 291 ta to‘p kiritgan. Gruziya terma jamoasi safida esa rasmiy o‘yinlarda 60 marta harakat qilgan va raqiblar darvozasini 26 marta aniq nishonga olgan.

Murabbiylik faoliyati
2010-2012 yillar — “Qayserispor”
2012-2015 yillar — “Qosimposho”
2016-2017 yillar — “Makkabi”

Shota Arveladze 2008 yilda futbolchilik faoliyatini yakunladi. Shu yilning 3 iyunida esa uning futbolni tark etishi sharafiga o‘rtoqlik o‘yini tashkil etildi. Unda dunyo futbol yulduzlaridan tashkil topgan “Arveladzening do‘stlari terma jamoasi” Gruziya terma jamoasini 9:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur o‘yinni bevosita stadionda 45000 muxlis tomosha qildi.

Arveladzening do‘stlari terma jamoasi safida Fred Grim, Xalid Sinu, Aron Vinter, Danni Blind, Frank de Bur, Artur Nyuman, Peter Sxars, Tolunai Kapkas, Oryun Temizkanoglu, Edgar Davids, Klaudio Kanija, Rixard Vitsge, Mikael Laudrup, Ronald de Bur, Andrey Kanchelskis, Damiano Tommazi, Tijani Babangida, Din Gore, Brian Laudrup, Danni Kuvermans, Moris Mor va Kennet Peres kabi yulduz harakat qilishgan.

Gruziya futbol federasiyasining qaroriga ko‘ra terma jamoadagi 11-raqam (Arveladze shu raqamda o‘ynagan) bir umrga muzlatib qo‘yildi.

Arveladze futbolchilik faoliyatini yakunlagach, “AZ” (Gollandiya) jamoasida bosh murabbiy Lui van Galga yordamchi sifatida ish boshlaydi. 2010-2012 yillarda esa Turkiyaning “Kayserispor” klubida bosh murabbiylik qiladi. 2012 yildan 2015 yilgacha esa “Qosimposhsho”ni boshqaradi. 2016 yilning iyunida esa Tel-Avivning “Makkabi” jamoasi taklifini qabul qiladi. 2017 yilning 5 yanvarida esa bu klubni ham tark etadi.

Yutuqlari

“Ayaks” safida:
Gollandiya chempioni: 1997/1998 yilgi mavsumda
Niderlandiya kubogi sohibi (2 marta): 1997/1998, 1998/1999

“Reynjers” safida:
Shotlandiya chempioni (2 marta): 2002/2003, 2004/2005
Shotlandiya kubogi sohibi (2 marta): 2001/2002, 2002/2003

Shaxsiy sovrinlari
Gruziyaning eng yaxshi futbolchisi (3 marta): 1994, 1998, 2007 yillar
Turkiya chempionatining eng yaxshi to‘purari: 1995/1996
Gruziya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar: 26 ta gol

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 12:07, 06.06.2017.
O'qildi: 12207 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.