Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Milovan Rayevas: "O‘zbekiston kuchli ekanini bugun isbotladi"

Milovan Rayevas: "O‘zbekiston kuchli ekanini bugun isbotladi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi JCH–2018 saralash bahsi oldidan bugun, 6 iyun kuni Toshkentda Tailand termasi bilan kuch sinashdi va 2:0 hisobida zafar quchdi.

O‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida tailandliklar bosh murabbiyi Milovan Rayevas o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. O‘yin davomida bir qator imkoniyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. O‘zbekiston juda kuchli va ular bugun buni isbotladi. Umuman, qiziqarli va kurashlarga boy o‘yin guvohiga aylandik. Raqib o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalandi. Darvozamizga kiritilgan birinchi golini bartaraf etish mumkin edi, biroq ikkinchi gol professionallarga xos tarzda kiritildi.

Albatta, bugun bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazdik. Imkon kadar barchaga imkon berishni va kelajakda yaxshi natijalar qayd etishni istaymiz. Bugun vaziyatlardan foydalana olmadik, agar foydalanganimizda durang o‘ynashimiz mumkin edi. Asosiy maqsadimiz — navbatdagi Jahon chempionati saralashida va qit’a birinchiligida munosib qatnashadigan yangi jamoa qurish”, – dedi Tailand bosh murabbiyi Milovan Rayevas.

Eslatib o‘tamiz, JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida O‘zbekiston 12 iyun kuni safarda Eron mehmoni bo‘ladi. Tailand esa “B” guruhi 8-turida 13 iyun kuni BAA termasiga qarshi kurash olib boradi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 22:46, 06.06.2017.
O'qildi: 7088 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик