Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Samvel Babayan: "Himoyadagi o‘yinimizdan qoniqish hosil qildim"

Samvel Babayan: "Himoyadagi o‘yinimizdan qoniqish hosil qildim"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi JCH–2018 saralash bahsi oldidan bugun, 6 iyun kuni Toshkentda Tailand termasi bilan kuch sinashdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugun bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazdik. Himoyadagi o‘yinimizdan qoniqish hosil qildim, asosiysi gol o‘tkazib yubormadik. Hujumda rang-baranglik yaratishga intildik. Hujumdagi salohiyatimiz yaxshi, lekin vaziyatlardan unumliroq foydalanish kerak. Raqib himoyada pozision va umuman tartibli o‘yin namoyish eta olishini ko‘rdik.

Tailand o‘yinini o‘rganib chiqdik. O‘yin bo‘lishini bilardik, Osiyoda kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Tailand xam Osiyoning kuchli jamoalaridan biri. Jamoa JCH saralashida muvaffaqiyatsiz qatnashayotgan bo‘lsa ham, uning kelajagi bor. Terma jamoani juda kuchli va hurmatga sazovor mutaxassis boshqaryapti. Ko‘rinib turibdiki, ularning salohiyati yuqori.

Eronga qarshi o‘yinga tarkib va taktika borasida o‘ylashga biroz erta va bugungi o‘yinni tahlil qilib, kamchiliklarni barataraf etishimiz kerak. O‘yin sifati bo‘yicha savollar bor. Tarkibdagi ayrim yetakchi futbolchilarimiz so‘nggi bir oy davomida o‘yin amaliyotisiz edilar. Ularni doimo tempda ushlab turish uchun mashg‘ulot olib borishlarini istadik. Umid qilamanki, rasmiy uchrashuvlargacha ular o‘z formalarini tiklab olishadi”, – dedi Samvel Babayan.

Eslatib o‘tamiz,  JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida O‘zbekiston 12 iyun kuni safarda Eron mehmoni bo‘ladi. Tailand esa “B” guruhi 8-turida 13 iyun kuni BAA termasiga qarshi kurash olib boradi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 22:53, 06.06.2017.
O'qildi: 10063 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик