Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Valverdega 4 maslahat

Valverdega 4 maslahat

Baho:
+ | -

29 may kuni «Barselona»ni Ernesto Valverde boshqarishi ma’lum qilindi. Undan bir kun oldin kataloniyaliklar Ispaniya kubogini qo‘lga kiritishgandi. To‘g‘risi, «ko‘k-anorranglilar» uchun mavsum muvaffaqiyatsiz kechdi. Hech qanday kubok bu kamchilik o‘rnini to‘ldira olmaydi. Yangi murabbiy, umuman, bunday mutaxassislarga taktika borasida gapirish noo‘rin. Ammo «Barsa» oldingi mavqesini tiklash uchun ayrim ishlarni amalga oshirishi lozim. Bombardir.ru ushbu masalaga to‘xtalib, aynan qaysi masalalar hal etilishi lozimligiga e’tibor qaratdi.

Birinchi qadam: O‘ng qanot himoyachisi xarid qilish: - Bugungi kunda bu «Barselona»ning asosiy muammosi. Kataloniyaliklar Dani Alvesdan osongina voz kechib yuborishdi. Braziliyalik futbolchi esa «Yuventus»­da yetakchilardan biriga aylandi. Joriy mavsumda uning o‘rnini to‘ldiradigan futbolchi topa olishmadi. 90 foiz o‘yinlarda mazkur vazifani Serxi Roberto bajardi. Ammo bu yigitni ayblab bo‘lmaydi, chunki qanot himoyasi uning haqiqiy nuqtasi emas.

Aleysh Vidal esa dastlab murabbiy bilan chiqisholmay, maydonga tushmadi. Tomonlar murosa ko‘chasiga kirishganidan so‘ng Dani Alves singari o‘ynay boshladi. Biroq og‘ir jarohat barchasini barbod qildi.

Butun bir mavsumni haqiqiy o‘ng qanot himoyachisisiz o‘tkazishni tushunish qiyin. Shu bois, Valverde seleksionerlar bilan yaxshi ishlashiga to‘g‘ri keladi. Jamoaga saviyali o‘ng qanot himoyachisi juda muhim.

Ikkinchi qadam: La Masiya bilan aloqani tiklash: - «Barselona»ning Kantera bilan aloqasi hozirgidek uzilib qolmagandi. Bu yerda gap avlodlar inqirozida emas, barchasi bosh murabbiyga bog‘liq. Gvardiola davrida klub tarbiyalanuvchilariga o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun imkon berilardi. Pep Serxi Robertoning yuqori saviyaga chiqishida yordam bergan. Bugungi kunda bu yigit asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanib ulgurgan.

Enrike esa «Barselona B» bilan mustahkam aloqa o‘rnatmadi, aftidan, u bunday mas’uliyatni zimmasiga olishdan cho‘chigan. Vaholanki, mavsum davomida kamchiliklarni klub tarbiyalanuvchilari hisobiga bartaraf etsa bo‘lardi. Aytaylik, autsayderlarga qarshi uchrashuvlarda vunderkind Serxi Palensiyaning xizmatlaridan foydalanish mumkin edi. Shu bilan birga Robertoda ham biroz dam olish imkoniyati tug‘ilardi.

Agar La Masiya konveyeridan to‘g‘ri foydalanilsa, yakunda sifatli «mahsulot»ga ega bo‘lish mumkin. Messi, Inyesta, Xavi, Pikelarni unutmang. Ular aynan akademiya tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi. Agar Raykaard akademiyani inkor etganida nima bo‘lardi? Hozir Messi qayerda o‘ynardi? Yangi murabbiy asosiy jamoa va akademiya bilan o‘ziga xos ko‘prik o‘rnatishi lozim. Ayni payt qog‘ozda ikki nafar iqtidorli yoshlar bor - Li va Mbula. Ularga ochilishlari uchun imkon berish kerak.

Uchinchi qadam: Messi va Inyestani saqlab qolish: - Leo va Andres bugungi kunda jamoaning asosiy futbolchilari hisoblanishadi. Lekin ularning shartnomalari 2018 yilning yozida nihoyasiga yetadi. Murabbiy uchun muhim qadamlardan biri - yetakchilar bilan shartnoma uzaytirilishini talab qilish. So‘nggi yillarda Messining «Barselona»dan ketishi haqida ko‘p gapirildi. «Shamol bo‘lmasa, daraxt­ning uchi qimirlamaydi», deb bejiz aytilmagan. Valverde ularni qolishga ko‘ndirishi lozim.

Inyesta bilan alohida ishlash talab etiladi. U 34 yoshda bo‘lishiga qaramay, «Barselona»ning o‘yinlari ko‘p hollarda Andresga bog‘liq. Qaysidir ma’noda, Zidan va Ronalduning hamkorligini tatbiq etish kerak. Fransiyalik mutaxassis «Real» yetakchisini biroz vazn tashlash va mavsum oxirida yuqori formada bo‘lishni ta’minlash uchun o‘yin daqiqalarini kamaytirishga ko‘ndirdi. Natijada bu usul ancha foyda keltirdi. «Barsa»ning yangi murabbiyi ham Andres uchun shunga o‘xshash yo‘l topishi shart. Yaqinda Inyesta «Qolishimga ko‘ndira oladigan kuchli murabbiy kerak», - degandi.

To‘rtinchi qadam: Deulofeuni qaytarish: - Delofeu Tyago Alkantaradan keyin La Masiyaning kelajagi porloq, deya e’tirof etilgan futbolchilaridan biri edi. Tata Martino va Luis Enrikelar uni o‘z jamoalarida ko‘rishni istashmadi. Futbolchi qobiliyatli bo‘lsada, xarakteri jamoaviy o‘yinga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki u individualist va xudbin. Enrike Deulofeuning iqtidorini namoyish etish va u bilan alohida ishlashdan ko‘ra, boshqa osonroq yo‘lni tanladi. Ya’ni yigitchaning jamoadan ketishiga qo‘yib berdi. U «Everton» va «Sevilya»da asosiy tarkib uchun kurashdi va oxiri Montella boshchiligidagi «Milan»da o‘zini ko‘rsatdi.

Umuman olganda, xudbinligi uchun iqtidorli futbolchidan voz kechish yaramaydi. Zero, u superyulduzga aylanishi mumkin. Martino va Enrike ortiqcha ish qilishni istashmadi va mas’uliyatni o‘z bo‘ynilariga olishmadi. Valverde esa shu jihatni ham o‘ylab ko‘rishi kerak.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:54, 07.06.2017.
O'qildi: 8401 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.