Kirish Ro'yxatdan o'tish

JCH-2018 saralash. Ermatov boshqargan o‘yinda Avstraliya Saudiyani mag‘lub etdi

JCH-2018 saralash. Ermatov boshqargan o‘yinda Avstraliya Saudiyani mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

JCH-2018 saralash bosqichining Osiyo mintaqasidan o‘rin olgan Avstraliya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvni o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov boshqarib bordi.

Tanaffusga qadar Tom Jurich ikki marta "kengurular"ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Dovsariy va Sahlaviy muvozanatni tiklashdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Tom Rogich Avstraliyaga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Ushbu g‘alabadan keyin Avstraliya o‘z ochkolarini 16taga yetkazib, Saudiyaga yetib oldi. Ulardan bitta kam o‘yin o‘tkazgan Yaponiya hisobida ham shuncha ochko bor. "V" guruhida dastlabki 3ta o‘rin mana shu terma egallashi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi. Birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya-2018 yo‘llanmasini yo‘lga kiritsa, 3-pog‘onani band etgan terma jamoa pley-off bosqichlarida ishtirok etadi: dastlab "A" guruhida 3-o‘rinni olgan terma jamoa, bu bosqchidan o‘tsa, keyin KONKAKAF mintaqasining to‘rtinchi termasi bilan.

JCH-2018 saralash. 3-bosqich. "V" guruhi, 8-tur
AVSTRALIYA - SAUDIYA ARABISTONI 3:2 (2:2)
Gollar: Tomi Jurich (7, 36), Tom Rogich (64) — Salim ad-Dovsariy (23), Muhammad as-Sahlaviy (45+2)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:54, 08.06.2017.
O'qildi: 6817 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик