«Benfika» darvozaboni Ederson «Manchester Siti» bilan shartnoma imzoladi.
Futbolchi 1 iyuldan yangi jamoasi tarkibiga kelib qo‘shiladi. «Manchester Siti» 23 yoshli darvozabonning transferi uchun 40 million yevro to‘ladi.
«Biz Edersonni klubimiz safida ko‘rishdan xursandmiz. U Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchilaridan biridir. Umid qilamizki, Ederson jamoamizga tezda ko‘nikib ketadi» - dedi «Manchester Siti» sport direktori Chiki Begiristayn.