Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Qurbon Berdiyev "Rubin"ga qaytdi

Qurbon Berdiyev "Rubin"ga qaytdi

Baho:
+ | -

Qozonning "Rubin" klubi Qurbon Berdiyevni yangi bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi.

Jamoaning sobiq bosh murabbiyi ispaniyalik mutaxassis Xaver Garsiya o‘tgan mavsumdagi omadsiz ishtirok sabab o‘z vazifasidan ozod etilgan edi. "Rubin" ispaniyalik murabbiy boshchiligida Rossiya chempionatida 9-o‘rin bilan kifoyalandi.

«Biz o‘z shtabimiz bilan birga qaytganimizdan juda xursandmiz. "Rubin" va Qozon — bu bizning uyimiz, yana birga ishlashdan mamnunmiz», — deyilgan Berdiyevning bayonotida.

Qozon klubi bosh direktori Rustam Sayaxov Berdiyev bilan uzoq muddatli shartnoma tuzilishi haqida ma’lum qilgan.

Hozirda shartnoma imzolanmagan bo‘lsada Berdiyev klubda ish boshlagan va 10 iyun kuni "Rubin" bilan ilk yig‘inga jo‘nab ketadi.

Berdiyev qozonliklar klubida 12 yil davomida (2001 yildan 2013 yilgacha) ishlagan va ikki marta Rossiya chempioni bo‘lgan, shuningdek Rossiya Kubogi va Superkubogida g‘olib bo‘lgan. Keyingi yillarda u "Rostov"da faoliyat ko‘rsatayotgandi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 17:32, 09.06.2017.
O'qildi: 3568 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик